Kiyev yoki Kyiv () — Ukraina poytaxti. Yirik sanoat, madaniyat va fan markazi, qahramon shahar, Kiyev viloyati markazi. Dnepr daryosidagi port. Yirik temir yoʻl, shosse va havo yoʻllari tuguni. Dnepr daryosining oʻrta oqimida joylashgan. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi–5,8°, iyulniki 19,5°, Shahar maydon 800 km. Aholisi 2888,4 ming kishi (2024).

Hozrigi Kiyev xududida bundan bir necha ming yil muqaddam dastlabki manzilgoxlar boʻlgan. „Kiyev“ nomi V asr oxiri — VI asr boshidagi uning afsonaviy asoschisi Kiy ismi bilan bogʻliq. Kiyev milodiy VI—VII asrlarda sharqiy slavyanlarning polyan qabilasi markazi sifatida tashkil topgan. 882-yil Kiyev knyaz Oleg qoʻl ostiga oʻtdi va 1132-yilgacha Kiyev Rusining siyosiy, madaniy va savdo markaziga aylandi. 1240-yil Kiyevni moʻgʻullar zabt etdi. 1362-yildan Litva va Polsha tarkibida boʻlgan. 1654-yilda Rossiya imperiyasi tarkibiga qoʻshib olingan.

1917-yil oktabrda hokimiyatni Markaziy rada egalladi. 1918-yil 26-yanvarda Kiyevni kizil armiya bosib oldi. 1918-yil 1-martdan Kiyev avval nemislar, keyin denikinchilar qoʻl ostida boʻldi. 1920-yillardan boshlab shaharning sanoat jihatdan ahamiyati oʻsa boshladi. 1941-yil sentabrda Kiyevni fashistlar Germaniyasi bosib oldi, 1943-yil noyabrda Kiyev ozod etildi. 1990-yildan mustaqil Ukraina poytaxtiga aylangan .

Mashinasozlik, shu jumladan, stanoksozlik, transport mashinasozligi, aniq priborsozlik, elektrotexnika va radioelektronika markazi. Yengil (shoyi toʻqish, trikotaj, tikuvchilik, poyabzal), poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Metropoliten ishlab turibdi (1960-yildan). Ukraina Fanlar akademiyasi, 18 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet, konservatoriya), 15 teatr (shu jumladan, Ukraina opera va balet teatri), filarmoniya, qariyb 30 muzey (shu jumladan, T. G. Shevchenkoning adabiy-badiiy muzeyi, tarix, ukrain tasviriy sanʼat muzeyi, rus sanʼati, gʻarb va sharq sanʼati muzeylari, xalk, meʼmorligi va turmushi muzeyi, Kiyev tarixi muzeyi, arxeologiya, xalq bezagi sanʼati muzeylari, adabiyot va sanʼat arxiv-muzeyi, tibbiyot tarixi muzeyi va boshqalar), respublika stadioni bor.

Kiyevda Sofiya sobori (XI asr; qoʻngʻiroqxonasi XVII—XIX asrlar), Oltin darvoza (XI asr), Vidubetsk monastiri (II-asr), Spas cherkovi (XI asr oxiri — XII asr boshi), Kirill cherkovi (XII asr), Kiyev Pechera lavrasi (XII—XVIII asrlar), Andreyev cherkovi (XVIII asr), Vladimir sobori (XIX asr) saqlangan. 1947–54-yillarda shahar markaziy koʻchasi ansambli — Kreshchatik barpo etilgan. 60–80-yillarda Rusanovka, Obolon va boshqalar turar joy massivlari vujudga keldi. Babiy Yarda yodgorlik (1976), „1941–1945-yillar urushi tarixi Ukraina davlat muzeyi“ memorial majmuasi (1981) barpo etildiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Etimologiyasi

( , ) or Kiev ( ) , ,

Kiyev — bu shaharning rasmiy ukraincha nomi The entry is the same as the print edition of It includes the note „Ukrainian name: Kyiv“. For American English, the website also includes the definition from In the 2018 fifth edition, WNWCD changed the main headword to Kyiv, with Kiev as a see-also entry with the label „Russ. name for Kyiv“. Merriam–Webster’s online dictionary entry has the headword „Kiev“ with the label „variants: or Ukrainian Kyiv or Kyyiv.“ According to M–W’s help on entries , the key word or signals an equal variant spelling: „these the two spellings occur with equal or nearly equal frequency and can be considered equal variants. Both are standard, and either one may be used according to personal inclination.“ va qonunchilik hamda rasmiy hujjatlar uchun shu nom ishlatiladi.

Iqlimi Kiyevda yoz iliq kechadi, nam kontinental iqlim (Köppen tasnifida Dfb) hukm suradi. Eng issiq oy: iyun, iyul va avgust, oʻrtacha harorat . Eng sovugʻi dekabr, yanvar va fevral oylari boʻlib, oʻrtacha harorat . Shaharda eng yuqori harorat 1936-yil 30-iyulda qayd etilgan boʻlib, ni tashkil etgan.

Shaharda eng sovuq harorat 1951-yil 11-yanvarda qayd etilgan boʻlib, ni tashkil etgan. Qor odatda noyabr oyining oʻrtalaridan mart oyining oxirigacha boʻladi, ayozsiz davr oʻrtacha 180 kun davom etadi, lekin baʼzi yillarda 200 kundan oshadiKyiv ", Encyclopædia Britannica. Retrieved 9 March 2020..

Huquqiy maqomi, mahalliy hokimiyati va siyosati

Huquqiy maqomi va mahalliy hokimiyat Kiyev shahar munitsipaliteti Ukrainadagi boshqa maʼmuriy boʻlinmalardan farqli oʻlaroq maxsus huquqiy maqomga ega. Eng muhim farq shundaki, shahar Ukrainaning viloyat markazi hisoblanadi. Bu shunday maqomga ega yagona shahar boʻlib, ikki tomonlama yurisdiksiyaga ega. Shahar davlat maʼmuriyati rahbari — shahar hokimi — Ukrainaning prezidenti tomonidan tayinlanadi, shahar kengashi rahbari — Kiyev meri esa mahalliy saylovlar orqali saylanadi.

Kiyev meri Vitali Klitschko boʻlib, u 2014-yil 5-iyunda bu lavozimni egallaganVitali Klitschko sworn in as mayor of Kyiv , Interfax-Ukraine (5 June 2014)Klitschko officially announced as winner of Kyiv mayor election , Interfax-Ukraine (4 June 2014).

Shahar davlat maʼmuriyati va kengashi Xreshchatik koʻchasidagi Kiyev shahar kengashi binosida joylashgan. Viloyat maʼmuriyati va kengashi esa „Lesya Ukrainka maydoni“dagi viloyat kengashi binosida joylashgan.

Siyosati

Kiyevning siyosiy va iqtisodiy ahamiyatining oshishi, xalqaro aloqalari va keng internet hamda ijtimoiy tarmoqlarga kirish imkoniyati uni Ukrainaning Gʻarbga va demokratik davlatlarga eng yaqin mintaqaga aylantirgan. Yevropa Ittifoqi bilan yaqinroq integratsiyani qoʻllab-quvvatlovchi (shunday deb ataladigan) milliy-demokratik partiyalar Kiyevda boʻlib oʻtgan saylovlarda eng koʻp ovoz toʻplagan Interactive parliamentary election 2012 result maps by Ukrayinska Pravda Election results in Ukraine since 1998 , Central Election Commission of UkraineNations and Nationalism: A Global Historical Overview , ABC-CLIO, 2008, (page 1629)Ukraine on its Meandering Path Between East and West by Andrej Lushnycky and Mykola Riabchuk, Peter Lang, 2009, (page 122)After the parliamentary elections in Ukraine: a tough victory for the Party of Regions , Centre for Eastern Studies (7 November 2012)Communist and Post-Communist Parties in Europe by Uwe Backes and Patrick Moreau, Vandenhoeck & Ruprecht, 2008, (page 396)Party of Regions gets 185 seats in Ukrainian parliament, Batkivschyna 101 — CEC , Interfax-Ukraine (12 November 2012)UDAR submits to Rada resolution on Ukraineʼs integration with EU, Interfax-Ukraine (8 January 2013) Electronic Bulletin „Your Choice — 2012“. Issue 4: Batkivshchyna , Ukrainian Center for Independent Political Research (24 October 2012)Ukraineʼs Party System in Transition? The Rise of the Radically Right-Wing All-Ukrainian Association „Svoboda“ by Andreas Umland, Centre for Geopolitical Studies (1 May 2011).

2014-yil fevral oyining birinchi yarmida Kiyev Xalqaro Sotsiologiya Instituti tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, Kiyevda soʻrovda qatnashganlarning atigi 5.3 foizi „Ukraina va Rossiya bitta davlatga birlashishi kerak“ deb hisoblagan. Bu koʻrsatkich butun mamlakat boʻyicha esa 12.5 foizni tashkil etgan.

Bu statistik maʼlumotlar Kiyev aholisining Rossiya bilan birlashishga nisbatan kamchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlashi va butun Ukraina aholisiga nisbatan ancha past foizni tashkil etishini koʻrsatgan. Kiyevda yashovchilarning koʻpchiligi mustaqil Ukraina davlati va uning Yevropa integratsiyasi yoʻlidagi siyosatini qoʻllab-quvvatlaydiHow relations between Ukraine and Russia should look like? Public opinion polls' results , Kyiv International Institute of Sociology (4 March 2014).

Boʻlinmalar

Rasmiy boʻlinishi

Demografiyasi

Rasmiy roʻyxatga olish statistik maʼlumotlariga koʻra, 2013-yil iyul oyida Kiyev shahrida 2 847 200 nafar aholi istiqomat qilgan.

Tarixiy oʻsish

Tili Kiyev shahrida ukrain va rus tillari keng tarqalgan boʻlib, 2001-yilgi aholini roʻyxatga olishda shahar aholisining taxminan 75% „ona tiling qaysi“ degan savolga „ukrain tili“, qariyb 25% qismi esa „rus tili“ deb javob berganAccording to the official 2001 census data: . 2006-yilgi soʻrovnomaga koʻra, Kiyevliklarning 23% ukrain tilida, 52% rus tilida gaplashadi, 24% esa ikkala tilni ham almashib ishlatadi"Kiev: the city, its residents, problems of today, wishes for tomorrow", Zerkalo Nedeli, 29 April — 12 May 2006. in Russian. , in Ukrainian . 2003-yilgi soʻrov natijalariga koʻra: aholining 52%i odatda rus tilida, 32%i rus va ukrain tillarini aralashtirib, 14%i asosan ukrain tilida, 4.3%i faqatgina ukrain tilida muloqot qilish aniqlangan.

Qardosh shaharlar

Kiyev bilan qardoshlik aloqalarini oʻrnatgan shaharlar:

Anqara, Turkiya (1993) Ashxobod, Turkmaniston (2001) Ostona, Qozogʻiston (1998) Afina, Gretsiya (1996) Boku, Ozarbayjon (1997) Pekin, Xitoy (1993) Berlin, Germaniya (2023) Bishkek, Qirgʻiziston (1997) Braziliya, Braziliya (2000) Bratislava, Slovakiya (1969) Bryussel, Belgiya (1997) Buxarest, Ruminiya (2022) Buenos-Ayres, Argentina (2000) Chikago, AQSH (1991) Kishinyov, Moldova (1993) Kopengagen, Daniya (2023) Edinburg, Shotlandiya (1989) Florensiya, Italiya (1967) Jakarta, Indoneziya (2005) Krakov, Polsha (1993) Kyoto, Yaponiya (1971) Leyptsig, Germaniya (1956) Lima, Peru (2005) Mexiko, Meksika (1997) Myunxen, Germaniya (1989) Odense, Daniya (1989) Oʻsh viloyati, Qirgʻiziston (2002) Pretoriya, Janubiy Afrika (1993) Riga, Latviya (1998) Rio-de-Janeyro, Braziliya (2000) Santyago, Chili (1998) Sofiya, Bolgariya (1997) Suchjou, Xitoy (2005) Tallin, Estoniya (1994) Tampere, Finlyandiya (1954) Toshkent, Oʻzbekiston (1998) Tbilisi, Gruziya (1999) Tuluza, Fransiya (1975) Vilnyus, Litva (1991) Varshava, Polsha (1994) Uxan, Xitoy (1990)

Boshqa hamkor shaharlar

Belgrad, Serbiya (2002) Xelsinki, Finlyandiya Quddus, Isroil (2000) Lissabon, Portugaliya Parij, Fransiya Rim, Italiya Stokgolm, Shvetsiya Toronto, Kanada (1991) Tripoli, Liviya (2001) Vena, Avstriya Yerevan, Armaniston (1995)

Galereya

Izohlar

Manbalar

Adabiyotlar Brutzkus, J. „The Khazar Origin of Ancient Kiev“. Slavonic and East European Review. American Series, vol. 3, no. 1, 1944, pp. 108–124. JSTOR. Accessed 16 June 2020.

Havolalar

Kiїvska mіska derjavna admіnіstratsіya — Kiyev shaharining rasmiy veb-portali

Kievning rasmiy turistik qoʻllanmasi

Kiyev shahrining rasmiy vebsayti (ukraincha) Kiyev shahrining suratlari (ruscha)

Turkum:Ukraina shaharlari‎ Turkum:Muqaddas shaharlar