Afgʻoniston, Afgʻoniston Islom Amirligi (2021-yilning 15-avgustigacha Afgʻoniston Islom Respublikasi) — Janubi-gʻarbiy Osiyoning eng chekka sharqiy qismida joylashgan mamlakat. Geografik oʻrniga koʻra Yaqin Sharq mamlakatlari qatoriga ham kiritiladi. Maydoni 652,2 ming km2. Aholisi 43 mln. 996 ming 242 kishi (2025-y). Poytaxti — Kobul shahri. Afgʻoniston maʼmuriy-hududiy tuzilishiga koʻra 34 viloyatga boʻlinadi. Eron, Pokiston, Xitoy, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston bilan chegaradosh. Afgʻoniston bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi chegaraning uzunligi — 137 km. Shuningdek, Afgʻonistonning yutuq tomonlaridan biri, qorakoʻl terisi tayyorlash boʻyicha dunyoda 1-oʻrinda turadi.
Tabiati Afgʻoniston hududining 4/5 qismini togʻlar va yassitogʻliklar egallagan. Shimoli-Gʻarbida Paropamiz, Safedkoʻh, Bandi Turkiston, Shimoli-Sharqida Hindikush togʻ tizmalari, asosan, kenglik boʻylab yoʻnalgan. Markazining asosiy qismini Hazorajat va Gʻazni-Qandahor yassitogʻliklari egallagan boʻlib, ularga gʻarbiy hamda janubiy tomonlardan boshqa togʻliklarning tizmalari qoʻshilib ketgan (Bandi Bayon, Chixilabadalon, Zang tizmasi, Koʻhi Xurd, Mazor va boshqa). Mamlakat hududining janubiy va janubi-gʻarbiy qismlari baland tekisliklardan iborat boʻlib, ularda Registon va Garmsir qumli hamda tosh-gilli Dashti Morgʻo choʻllari joylashgan. Botiqlarda koʻllar va shoʻrxoklar mavjud (Sabari, Puzak, Gaudi-Zira va boshqalar). Afgʻonistonning janubi-sharqiy chegarasi boʻylab Sulaymon togʻlarining gʻarbiy tizmalari choʻzilgan.
Tabiiy boyliklari Afgʻonistonda foydali qazilmalar kam oʻrganilganiga qaramay, u yerda toshkoʻmir (Ish pushta, Kar kar, Darayi Soʻf, Karux va boshqa konlar), tabiiy gaz (Xoʻja gugurtak), temir rudasi (Palangsor), xrom rudasi (Shadal ketkay), oltin (Argandab, Sanglech, Nuraba), berilliy (Darayi-Pech, Darayi-Nur), qoʻrgʻoshin-rux (Farinjol, Mirzaka), mis rudasi (Jigdalay), osh va tosh tuzlari, oltingugurt hamda qimmatbaho tosh konlari mavjud. Hirot va Bomiyon viloyatlarida maʼdanli suv buloqlari ochilgan.
Iqlimi Afgʻoniston hududining katta qismi quruq subtropik iqlim mintaqasida joylashgan boʻlib, iqlimi kontinental. Yozi issiq va quruq (iyulning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 32—35 °C, togʻlarda 10— 14 °C), kishi iliq, togʻlarda sovuq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 0ye dan 8 °C gacha; — 30 °C sovuqlar ham kuzatiladi, togʻlarda 0 °C dan past, ayozli kunlar koʻp boʻladi). Yillik yogʻin miqdori shimoliy hududlarda 170 – 280 mm, choʻl hududlarida 40 – 50 mm, togʻ yon bagʻirlarida 800 mm gacha boradi.
Daryolari Yirik daryolari — Amudaryo va uning irmogʻi — Panj hamda Hilmand, Farrohrud, Herirud, Murgʻob va boshqa Qobul daryosi Hind okeani havzasiga quyiladi. Daryolarning suvlaridan sunʼiy sugʻorishda hamda elektr energiya hosil qilishda foydalaniladi. Mamlakat sugʻorma dehqonchilik hududlarida boʻz va toʻq boʻz tuproq hamda sur-koʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Katta qismini qumli tuproq egallagan. Asosan choʻl va dasht oʻsimliklari oʻsadi. Shimoli-sharqiy va sharqiy qismlaridagi togʻlarda keng bargli (2000-2400 m li balandlikda) hamda ignabargli (3300 – 3400 m gacha boʻlgan balandlikda) oʻrmonlar mavjud. Afgʻonistonda yovvoyi hayvonlardan boʻri, sirtlon, tulki, qoplon, ayiq, jayron va boshqalar uchraydi.
Afgʻoniston maʼmuriy-hududiy boʻlinishi 450px
№ Viloyat dariy/pushtu tilida ISO 3166-2 Maʼmuriy markazi Aholisi, (2016 — 2017) kishi Maydoni, km² Zichligi, kishi/km² 1 Badaxshon Badakhshān BDS Fayzobod Fayābād / Fayābād 966 789 44 059 20,08 2 Badgʻis Bādghīs BDG Qal’ayi Nav Qala i Naw 504 185 20 591 25,36 3 Bagʻlon Baghlān BGL Puli Xumri Pol-e Khomrī 926 969 21 118 38,81 4 Balx Balkh BAL Mozori Sharif Mazār-e Sharīf 1 353 656 17 249 68,50 5 Bomiyon Bāmiyān BAM Bomiyon Bāmīān 454 643 14 175 29,01 6 Daykundi Dāykondī DAY Nili Nīlī 468 178 8 088 50,69 7 Faroh Farāh FRA Farah (shahar) Farāh 515 973 48 471 10,07 8 Foryob Fāryāb FYB Maymana Meymaneh 1 013 535 20 293 47,02 9 Gur Ghowr GHO Chag'charon Chaghcharān 701 653 36 479 18,65 10 Hilmand Helmand HEL Lashkargoh Lashkar Gāh 942 037 58 584 14,67 11 Hirot Herāt HER Hirot Herāt 1 928 737 54 778 32,76 12 Juzjon Jowzjān JOW Shibirgʻon Sheberghān 549 900 11 798 40,39 13 Kapisa Kāpīsā KAP Mahmud-i Raqi Mahmūd-e-Rāqī 448 245 1 842 217,64 14 Kobul Kābul KAB Kobul Kābul 3 839 580 4 462 790,68 15 Kunar Konar / Kunar KNR Asadobod Asadābād 458 130 4 942 84,44 16 Lagʻmon Laghmān LAG Mehtarlam Mehtarlām 452 942 3 843 114,75 17 Luvgar Lowgar LOG Pulialam Pol-e 'Alam 398 535 3 880 105,64 18 Nangarhor Nangarhār NAN Jalolobod Jalālābād 1 545 448 7 727 196,72 19 Nimroʻz Nīmrūz NIM Zaranj Zaranj 167 873 41 005 3,78 20 Nuriston Nūrestān NUR Parun Parun 150 391 9 225 14,31 21 Paktika Paktīkā PKA Sharan Sharan 448 843 19 482 22,53 22 Paktiya Paktīā PIA Gardiz Gardīz 561 200 6 432 85,57 23 Panjsher Panjshīr PAN Bazarak Bāzārak 156 001 3 610 40,00 24 Parvon Parvān PAR Chorikor Chārīkār 675 975 5 974 105,37 25 Qandahor Kandahār KAN Qandahor Kandahār 1 252 786 54 022 19,81 26 Qunduz Kondōz / Kunduz KDZ Qunduz shahar Kondōz 1 029 473 8 040 121,67 27 Samangan Samangān SAM Samangan Āybak 394 887 11 262 30,64 28 Saripul Sar-e Pol SAR Saripul Sar-e Pol 569 046 15 999 32,16 29 Toxar Takhār TAK Talukan Tāloqān 1 000 939 12 333 75,41 30 Vardak Vardak WAR Maydonshahr Meydān Shahr 606 077 8 938 65,09 31 Xost Khowst / Khost KHO Xost Khowst 584 075 4 152 131,45 32 Zobul Zābol ZAB Qalat Qalāt 309 192 17 343 18,46 33 Uroʻzgon Orūzgān URU Tarinkot Tarīn Kowt 356 354 22 696 15,09 34 Gʻazni Ghaznī GHA Gʻazni Ghaznī 1 249 736 22 915 47,65 Jami 651 745 27 651 745645 80736,98
Aholisi va etnik tarkibi thumb|left|266x266px|Etnik xarita thumb|235x235px|Oʻzbeklar markazlashgan joylar Shimoliy Afgʻonistonda baʼzi viloyatlarda oʻzbeklar keng tarqalgan boʻlib ular hozirgacha oʻzbek tilida gaplashishadi. Ular quyidagi viloyatlarda mavjud: Taxor; Qunduz; Balx; Joʻzjon; Foryob; Bagʻlon; Samangan. Afgʻoniston — koʻp millatli mamlakat. Unda turli til guruhiga kiradigan 30 dan ortiq millat va elatlar yashaydi. Aholining deyarli yarmi Pushtunlar (8 mln.dan ortiq kishi). Tojiklar (4,5 mln.), Oʻzbeklar (3 mln.ga yaqin), Hazoralar (1,5 mln.dan ortiq), Turkmanlar, Qirgʻizlar, Choraymoqlar, Balujlar ham bor. Oʻzbeklar asosan Juzjon, Balx, Foryob, Qunduz, Taxor, Samangon, Hirot va qisman Bagʻlon viloyatlarida istiqomat qiladi. Shaharlarda kam joylashgan. Mozori-Sharif, Shibirgʻon, Maymana, Oybak, Toluqon, Qunduz hamda Toshqoʻrgʻon shaharlarida aholining koʻpchiligini tashkil etadi. Aholining oʻrtacha zichligi — 1 km2 da salkam 30 kishi. Davlat tili pushtu va dariyil Aholining 85 % islom dinining sunniylik va 15 % shialik yoʻnalishlariga mansub. Aholiningʻ 18 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Qobul, Mozori Sharif, Qandahor, Hirot, Jalolobod, Qunduz, Bag`lonhttp://www.big-soviet.ru/33/7608/%D0%90%D1%84%D0%B3%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D1%81%D1%82%D0%B0%D0%BD Bolshaya Sovetskaya Ensiklopediya — Afganistan.
Tarixi thumb|300px