Yusuf surasi (, nomining maʼnosi — ) — Qurʼonning -surasi. suralardan biri, oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning -sahifasida va -juzida joylashgan. -boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy maʼnosi Ushbu surada, asosan, Allohning paygʻambarlaridan Yusuf ibn Yaʼqubning hayoti zikr qilinib, u zotning boshiga tushgan balolar, ogʻa-inilari va begonalardan koʻrgan kulfatlari — chohga tashlanganlari, tuhmatga yoʻliqqanlari, zindonband boʻlganlari va boshqalar haqida va bunday ogʻir koʻrgiliklarga sabr-toqat qilishlari natijasida oxir-oqibat zindon azobidan xalos qilinib, butun Misr zaminining mulk-u xazinasiga ega boʻlganlari xususida soʻz boradi.

Bu sura "Hud" surasidan keyin — Muhammad alayhissalom hayotlarining eng qora kunlarida — yaqinlari Xadicha va Abu Tolibdan ajragan, mushriklar tomonidan ozor-aziyatlar chekib, qiynalib yurgan kezlarida nozil boʻlgandir. Goʻyo Alloh taolo Oʻzining suyukli paygʻambariga va qolaversa, u zotning barcha ummatlariga agar boshlariga tushgan balo-yu kulfatlarga va diyonatsiz kimsalarning zulm-u zoʻravonliklariga sabr-qanoat qilib, oʻzlarining Haq yoʻlidagi kurashlaridan tolmay, Allohning dinidan qolmay, sobitqadam boʻlsalar, Parvardigori olam ularni zulmatlardan va tor-u tanglikdan xalos qilib, nurli, baxt-saodatli kunlarga yetkazajagini uqtirayotgandek. Bu suraning nazm-u uslubida oʻzgacha latofat, ayricha joziba mavjudki, islom olamidagi eng buyuk qalam ahllari undan mutaassir boʻlib, sheʼr-u dostonlar bitganlar, ulamolar esa bu sura xususida jild-jild kitoblar tasnif etganlar. Shunday asarlardan birida "Yusuf" surasi jannat ahllari jannatda ham rohat bilan tilovat qilib yuradigan suralardandir", deyilgan boʻlsa, yana birida: "Har qanday gʻam-tashvishga botgan mahzun kishi "Yusuf" surasini eshitishi bilan orom-osoyish topur", deyiladi.

Manbalar

YUSUF SURASI ЮСУФ СУРАСИНИНГ ТАФСИРИ Қуръони карим, Сура Юсуф