Marokash, Marokash Qirolligi (Al-Mamlaka al-Magʻribiya yoki Al-Magʻrib al-Aksa, maʼnosi — uzoq gʻarb) — Afrikaning shimoli-gʻarbidagi davlat. Maydoni 446,5 ming km². Aholisi 38,4 mln. kishi (2022). Poytaxti—Rabot shahri. Maʼmuriy jihatdan 18 viloyat (vilay)ga boʻlinadi.

Davlat tuzumi Marokash — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1972-yilda qabul qilingan, unga 1992 va 1996-yil referendumlarda qabul qilingan oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol (1999-yildan Muhammad VI). U bosh vazir va vazirlarni tayinlaydi hamda lavozimidan boʻshatadi, Vazirlar Kengashida raislik qiladi, parlamentni tarqatib yuborishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va ikki palatali parlament (Vakillar palatasi va Maslahatchilar palatasi), ijroiya xokimi-yatni hukumat amalga oshiradi.

Tabiati Marokash hududining aksar qismini togʻlar, baland tekisliklar va plato (meseta)lar egallaydi. Janubi-gʻarbdan Shimoli-sharq tomon Atlas togʻlari choʻzilgan, uning eng baland nuqtasi — Tubqol togʻi (4165 m). Atlantika okeani sohili — yirik pasttekisliklar. Oʻrta dengiz sohilining koʻp qismi togʻlik, qulay buxtalari bor. Janubiy va janubi-sharqdagi Sahroi Kabir choʻli qumloq va toshloqlan iborat. Marokash hududida zilzilalar boʻlib turadi. Kobalt, marganets, qoʻrgʻoshin, pyx, barit, mis, temir rudalari, toshtuz, koʻmir konlari bor. Marokash koʻp qismining iqlimi subtropik; iyulning oʻrtacha temperaturasi 24°— 28°, yanvar niki 10°—12°, togʻlardagi iqlim — kontinental. Oʻrtacha yillik yogʻin togʻlarda va shimolida 1000 mm ga yaqin, janubida 200 mm gacha. Koʻp daryolari yozda qurib qoladi. Asosiylari: Muluya, Sebu, Umm-urRobia. Quruq oʻrmon va butazorlarning tuproklari jigarrang. Shimolidagi sohil tekisliklari va togʻ orasidagi soiliklar hamda vodiylarning qumloq, gilli qoramtir tuproklari gʻoyat umumdor. Oʻrmonlar, asosan, togʻlarda saqlanib qolgan va Marokash hududining salkam 12% ni tashkil etadi. Qurgʻoqchil dasht, chala choʻl va choʻllarda alfa oʻti, shuvoq va doktorin, Oʻrta dengiz sohilida makvis butalari oʻsadi. Hayvonlardan quyon, yovvoyi choʻchqa, chiyaboʻri, ilon, toshbaqa, shuningdek, amfibiyalar, parranda, ha-sharot va chayonlar bor. Togʻlarda makaka maymun, sirtlon, pantera, togʻ daryolarida xonbaliq uchraydi. Dengizdan baliq ovlanadi.

Aholisi

Aholisining asosiy qismi — marokashlik arablar va barbarlar. Fransuzlar, ispanlar, portugallar va yahudiylar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini — islom. Shahar aholisi 45,5%. Yirik shaharlari: Kasablanka, Rabot, Marokash, Fos, Miknas, Tanjer va b.

Tarixi Hozirgi Marokash hududida azaldan liviy qabilalari (qad. barbarlar) yashab, ovchilik va chorvachilik, qisman dehq-onchilik bilan shugʻullangan, Miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirlarida sohilda finikiylarning bir qancha jamoalari paydo boʻlgan; bu jamoalar keyinchalik Karfagen qoʻl ostiga, Karfagen yemirilganidan keyin (miloddan avvalgi II asr) Shimoliy Marokash Rim imperiyasi qoʻl ostiga oʻtdi. Ana shu davrda yirik dehqonchilik paydo boʻldi, shaharlar vujudga keddi. Birok, Marokashning kup kismida urugʻchilikqabilachilik tuzumi xukmron edi. V asrda Marokashning shimoliy kismini vandallar, VI asrda Vizantiya bosib oldi.

702—711 yillarda Marokash hududi arab xalifaligiga qoʻshib olindi. Mamlakatda arab tili va islom dini tarqala boshladi. 788 yil Marokashdagi birinchi davlat — Idrisiylar davlati tashkil topdi. IX asrning 20-yillarida Idrisiylar davlati bir necha mayda xonliklarga boʻlinib ketdi. XIII asrning 2-yarmida Marokashda hokimiyat barbarlar sulolasi — Mariniylar qoʻliga oʻtdi (1195—1465). Bu davrda qishloq xoʻjaligi ancha taraqqiy etdi, madaniyat yuksaldi; Fos shahri madaniyat markazi boʻlib qoldi. Birok, XV asrda mamlakat yana boʻlinib ketdi. Ana shu davrdan Marokash hududini yevropaliklar — Atlantika okeani sohilini portugallar, Oʻrta dengiz sohilini ispanlar bosib ola boshladi.

XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida marokashliklar yevropaliklarni Marokashdan, asosan, haydab chiqardilar. XIX asrning 40-yillaridan Yevropa davlatlarining qoʻshinlari yana kirib kela boshladi — 1844-yil Fransiya, 1859-yil Ispaniya Marokash hududining bir qismini bosib oldi. Yevropa davlatlarining mamlakat ichkarisiga kirib borishiga yoʻl qoʻymaslik, parokandalikka barham berish, shuningdek, toʻxtovsiz qoʻzgʻolonlarni bostirish uchun Sulton Hasan I (1873— 94) bir qancha islohot oʻtkazdi (jumladan, armiya zamonaviylashtirildi, harbiy zavodlar, yangi portlar quriddi). 1907-yil Fransiya qoʻshinlari Marokashning Shimoli-sharqidagi Vujda shahri atroflarini, soʻngra Kasablanka shahri va Shauya viloyatini, Ispaniya Melilya shahri atroflarini bosib oldi. Bunga javoban mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1912-yil tuzilgan Fransiya-Marokash (30-mart) va Fransiya-Ispaniya (27-noyabr) shartnomalariga koʻra, Marokash hududining katta qismi (80%)da Fransiya, kichikrok, shimoliy va janubiy qismlarida Ispaniya protektorati oʻrnatildi; bir qismi (Tanjer) xalqaro zona boʻlib qoldi.

Marokash xalqi bosqinchi davlatlarning hukmronligiga qarshi umumiy qoʻzgʻolon koʻtardi. 1921-yil rif qabilalari Abdulkarim rahbarligida Rif viloyatida ispanlar qoʻlidan hokimiyatni tortib olib, mustaqil Rif Respublikasini tuzdilar. Ammo Ispaniya-Fransiyaning birlashgan kuchlari bilan boʻlgan shiddatli janglardan keyin Rif Respublikasi tormor qilindi (1926). Birok, Fransiya zonasidagi qabilalar mustamlakachilarga karshi qattiq qarshilik koʻrsatishni davom ettirdilar. Ikkinchi jahon urushi yillarida ozodlik harakati kuchayib ketdi.

50-yillarning boshida esa norozilik harakatiga keng xalq ommasi qoʻshildi. Fransiya protektorati hokimlari milliy ozodlik harakati qatnashchilarini quvgʻin ostiga oldi. 1952-yil 8-dekabrda Kasablankada ommaviy namoyish qatnashchilaridan yuzlab kishilar oʻldirildi, minglarcha kishi qamoqqa olindi. 1954 va 1955-yillarda Marokashda yana ish tashlashlar va namoyishlar boʻlib oʻtdi. Dunyodagi boshqa ilgʻor kuchlar Marokash xalqining milliy ozodlik harakatini qoʻllab quvvatladilar. Oqibatda Fransiya protektorata Marokashda milliy hukumat tuzish uchun rozilik berishga (1955-yil 7-dekabr) va uning milliy mustaqilligini tan olishga majbur boʻldi (1957-yil 2-mart). 1956-yil 7-aprelda Ispaniya protektorata ham bekor qilindi, 1957-yil 1-yanvarda Tanjer Marokash tarkibiga qoʻshildi. 1962-yil dekabrda Marokashning birinchi konstitutsiyasi qabul etildi, 1963-yil mayda parlament saylovi boʻlib oʻtdi. Xalq ommasi ahvolining yomonlashuvi, ishsizlar sonining koʻpayishi oqibatida mamlakat ichkarisida ahvol keskinlashib ketdi. Natijada hukumat aʼzolari tez-tez almashinib turdi. „Istiqlol“ partiyasi parokandalikka uchradi. Partiya ichida boʻlinish roʻy berdi; uning soʻl qismi Xalq kuchlari milliy ittifoqi partiyasi nomi bilan ajralib chiqdi (1959). 1964—65 yillarda yirik shaharlarda iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi, tub iqtisodiyijtimoiy oʻzgarishlar oʻtkazilishi shior’?1ari ostida ish tashlashlar va ommaviy mitinglar boʻlib oʻtdi. Lekin bu harakatlar qurol kuchi yordamida bostirildi. 1965-yil 7-iyunda Marokashda fav-qulodda holat eʼlon qilindi, qirol hukumat isteʼfosini qabul qildi, parlamentni tarqatib yubordi va qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi butun hokimiyatni oʻz qoʻliga oldi.

1970-yil iyulda favqulodda holat bekor qilindi. 21 va 28-avgustda parlament saylovi boʻlib oʻtdi. 1972-yil 1-martda referendum boʻlib, yangi konstitutsiya qabul qilindi, parlament va hukumatning huquqlari bir oz kengaytirildi.

Qirol Hasan II iqtisodiy va siyosiy islohotlar zarurligini anglab, 1973-yilda bir qancha iqtisodiy tadbirlar oʻtkazilishini eʼlon qildi. Xalq-aro maydonda betaraflik siyosatini oʻtkaza boshladi. Konstitutsiyaga 1992-yilda kiritilgan oʻzgartirishlarga bi-noan, parlamentning hukumat faoli-yati ustidan nazorati kuchaytirildi, Marokashning inson huquqlariga sodikligi mustahkamlandi. Marokash 1956-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1993-yil 11-oktabrda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 30-iyul — Taxt kuni (1999).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Istiqlol partiyasi, 1943-yil tashkil etilgan; Xalq kuchlari milliy ittifoqi partiyasi, 1959-yil tuzilgan; Taraqqiyot va sotsializm partiyasi, 1974-yil asos solingan; Konstitutsiyachi ittifoq, 1983-yil taʼsis etilgan; Xalq harakati partiyasi, 1959-yil tuzilgan; Milliy demokratiyu partiya, 1981-yil asos solingan; Xalq milliy harakati, 1991-yil tashkil etilgan; Mustaqil milliy uyushma, 1978-yil taʼsis etilgan; Xalq kuchlari sotsialistik ittifoqi, 1974-yil tuzilgan; Sotsialdemokratik harakat, 1996-yil asos solingan. Marokash mehnatkashlari umumiy ittifoqi, 1960-yil tashkil etilgan; Marokash mehnat ittifoqi, 1955-yil tuzilgan; Demokratik mehnat konfederatsiyasi, 1978-yil asos solingan.

Iqtisodiyoti Marokash — agrar mamlakat boʻlib, sanoat va, ayniqsa, konchilik birmuncha rivojlangan. Iqtisodiyotida yirik qishloq xoʻjaligi fermalari va zamonaviy sanoat korxonalari bilan bir katorda qad. sektor — yarim natura va mayda tovar dehqon xoʻjaliklari katta oʻrin tutadi. Mustaqillikka erishilgandan keyin Marokash hukumati iqtisodiyotning zamonaviy tarmoqlarini rivojlantirish, milliy xoʻjalikni tarmoq, hudud jihatidan va tuzilmaviy nisbatlar jihatidan tartibga solish siyosatini yurgiza boshladi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 18%, sanoatniki 19,6%ni tashkil etadi.

Qishloq xoʻjaligi — Marokash iqtisodiyotining negizi. Ekiladigan yerlar 7,5 mln. gektardan ortiq, bu yerlarning koʻp qismiga donli ekinlar ekiladi. Iqtisodiy faol aholining 50% qishloq xoʻjaligida band. Yalpi ichki mahsulotning 1/5 va eksportning 1/3 qismini q.h. taʼminlaydi. Dehqonchilik mahsulotining yarmidan koʻprogʻini donli ekinlar beradi. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, oq joʻxori, tariq va sholidan yaxshi hosil olinadi. Kartoshka, qand lavlagi, pomidor, paxta, dukkaklilar ham yetishtiriladi; tokzorlar, zaytunzorlar, sitruszorlar koʻp. Jami yer fondining 28% (12,5 mln.ga)ni yaylov va oʻtloklar, 12% ni oʻrmon va butazorlar tashkil etadi. Barcha haydaladigan yerlarning 95% mamlakat shimolida joylashgan. Mayda falloh xoʻjaliklari bilan bir katorda yirik mexanizatsiyalashgan serdaromad hoʻjaliklar ham mavjud. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki, tuya boqiladi. Baliqchilik va parrandachilik rivojlangan. Oʻrmonlarda poʻkakli dub qobigʻi va evkalipt yogʻochi, palma bargi tayyorlanadi.

Sanoati Marokashning ishlab chiqarish sanoatida iqtisodiy faol aholining 23% band. Marokashda dunyodagi fosfat xom ashyosi zaxiralarining 70% joylashgan. Uni qazib olish sohasida Marokash dunyoda 3-oʻrinda, eksport qilish jihatidan 1 -oʻrinda turadi. Marokash sanoatining toʻqimachilik, koʻnchilik, kimyo, neft kimyosi, farmatsevtika va sement sanoati tarmoqlari durust rivojlangan. Bu soha milliy xom ashyo zaxiralaridan unumli foydalanish maqsadida, asosan, eksport uchun tayyor va chala mahsulot ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan. Yangi qurilgan oʻnlab korxonalar sanoatning tarkibiy tarmoqlari qiyofasini ancha oʻzgartirib yubordi. Mamlakatda kazib olinadigan fosfarit negizida kimyo sanoati rivoj topdi, qand va sement zavodlari, rangli metallurgiya korxonalari barpo etildi. Yiliga oʻrtacha 9,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. 70-yillarning oʻrtalaridan boshlab chetdan keltiriladigan xom ashyo, chala tayyor mahsulot va asbob-uskunalardan foydalanuvchi korxonalar ham qurildi. Gazlama va kiyim-kechak, avtomobil va elektron sanoati uchun qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalar shu jumlaga kiradi. Hunarmandchilik sohasi iqtisodiyotda muhim oʻrin egallaydi.

Oziq-ovqat va toʻqimachilik ishlab chiqarish sanoatining eng yirik tarmoqlaridir. Unda baliq, sabzavot, meva konservalash, un-yorma, qand-shakar, sut zavodlari bor. Toʻqimachilik sanoati tarkibidagi korxonalarning aksariyat qismi mayda va oʻrta fabrikalardan iborat. Fos shahrida yirik toʻqimachilik kombinati qurilgan. Rabotda va koʻhna shaharlarda hunarmandlar koʻproq gilamdoʻzlik bilan shu-gʻullanadi.