Xose Ignasio Fernandes Iglesias (; 18-yanvar 1990, Madrid), Nacho nomi bilan ham taniqli () – U Saudiya Arabistoni Pro-ligasi klubi Al-Qadsiah hamda Ispaniya milliy futbol terma jamoasida markaziy himoyachi yoki qanot himoyachisi ampulasida o‘ynaydigan ispaniyalik professional futbolchi.

Biografiyasi „Real Madrid“ jamoasi maktabi tarbiyalanuvchisi, u 11 yoshida kelib qoʻshilgan. Nacho 2008/2009 mavsumda rezerv jamoada Segunda B ligasi uchrashuvida debyut qildi va oʻsha mavsumda ikkita oʻyin oʻtkazdi. Jami u Segundada ikki mavsumni toʻliq oʻtkazdi. 2011-yil 23-aprelda Ispaniya chempionati oʻyini doirasida kechgan Valensiyaga qarshi oʻyinda u birinchi jamoada ham debyut qildi. Oʻsha oʻyinda Nacho maydonda toʻliq harakat qildi va „Real“ 6:3 hisobida gʻalaba qozondiMadrid continue impressive form ; ESPN Soccernet, 23-aprel 2011-yil. Ikkinchi oʻyini bir hafta oʻtib „Real Saragosa“ga qarshi kechdi va kutilmaganda „Real Madrid“ raqibiga imkoniyatni boy berib qoʻydiZaragoza dent Real title dream; ESPN Soccernet, 30-aprel 2011-yil.

2011-yil yozida Shimoliy Amerika boʻylab oʻtkazilgan turneda Nacho ham qatnashdi. U turneda „Los-Anjeles Gelaksi“, „Gvadalaxara“ va „Filadelfiya Yunion“ jamoalarga qarshi kechgan oʻyinlarda maydonga tushdi. 2012-yilning 2-sentabrida rasman 27-raqamli libosni qabul qildiNacho Fernández joins the dynamics of the first team, lekin Joze Mourinyo talabiga bionan bir qancha vaqt ikkinchi jamoada qoldiMourinho: We have a squad of 23 players and they all are important.

Ispaniya oʻsmirlar terma jamoasida 2007-yilda oʻtkazilgan 17 yoshgacha Yevropa chempionati chempioni boʻldi, shu yilning oʻzida jahon chempionati kumush medalini ham qoʻlga kiritdi.

Shaxsiy hayoti Uning ukasi Aleks ham futbolchi hisoblanadi.

Manbalar

Havolalar

Real Madrid official profile

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari

Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Saudiya Arabistoni Pro-ligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Saudiya Arabistonidagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:UEFA Millatlar ligasida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar