May tumani — Pavlodar viloyatining janubiy-sharqida joylashgan. 1939-yili tashkil topgan. Tuman maydoni 18,1 ming km2. Tumanning maʼmuriy markazi — Koʻktepa qishlogʻi

Geografiyasi Janubiy-sharqida Sharqiy Qozogʻiston viloyati bilan, janubiy-gʻarbida — Qaragʻandi viloyati bilan, gʻarbida — Bayanavul tumani va Aqsu shahrining qishloq hududlari bilan chegaradosh, shimolida Lebyaji tumani bilan Irtish daryosi ajratib turadi.

Iqlimi Tuman iqlimi keskin kontinental. Yanvar oyining oʻrtacha harorati — 15º-17 °C., iyulniki — +20º+22 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 200–250 mm-ni tashkil qiladi.

Aholisi Tuman aholisi 1999-yili 16,9 ming kishini, 2012-yili esa — 11,974 ming kishini tashkil qildi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2012-yil) qozoqlar — 10 263 kishi (85,71 %) ruslar — 955 kishi (7,97 %) ukrainlar — 166 kishi (1,38 %) olmonlar — 169 kishi (1,41 %) tatarlar — 164 kishi (1,37 %) beloruslar — 53 kishi (0,44 %) boshqalari — 145 kishi (1,21 %) Umumiy — 11 974 kishi (100,00 %)

Hududiy boʻlinishi Tuman tarkibida 11 ta qishloq bor: Koʻktoʻbe, Aqjar, Aqshima, Baskoʻl, Kentubek, Qazan, Qaraterek, May, Maytubek, Malaysari, Sati.

Ijtimoiy soha Taʼlim Tumanda 7 ta maktabgacha boʻlgan maskanlari, 14 ta oʻrta umumiy bilim beruvchi mahkamalar va 1 ta kasb-hunar maktab faoliyat yuritmoqda.

Tibbiyot Tumanda May markaziy tuman kasalxonasi bor.

Taniqli shaxslar Sotsialist Mahnat Qahramonlari: Q. Jengilbaev va V.I. Ladigin. Bastemiy Qaziret Aytqojaevich — diniy arbob, hazrat.

Manbalar

Turkum:Qozogʻiston tumanlari Turkum:May tumani (Pavlodar viloyati)