Kanada — Shimoliy Amerikaning shimoliy qismida, dunyodagi eng katta arxipelag — Kanada-Arktika arxipegelagida joylashgan. Poytaxti — Ottava shahri. BMT va NATO aʼzosi. AQSh bilan „Erkin iqtisodiy savdo aylanmasi toʻgʻrisida“gi shartnomasi tuzgan. Birlashgan Qirollik dominioni. 1931-yilda suveren huquqi berilgan. Biroq, mustaqillik eʼlon qilinmagan. Mamlakatni Birlashgan qirollik qiroli (yoki qirolichasi) tomonidan tayinlangan Geneal-Gubernator boshqaradi. Aholi soni — 41 million kishi (2024-yil) tashkil etadi. Maydoni — 9,980,840 km2.

Davlat tuzumi Kanada — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibidagi federativ davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1982-yil 17-aprelda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qiroli Charlz III (qirolichasi), uning nomidan general-gubernator davlatni boshqaradi. Qirolicha general-gubernatorni Kanada bosh vazirining tavsiyasi bilan, odatda, 5 yil muddatga tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator va 2 palatali parlament (senat va jamoalar palatasi) amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator hamda bosh vazir va vazirlardan iborat hukumat amalga oshiradi (1993-yildan bosh vazir — Jan Kretyen).

Tabiati Kanada hududining gʻarbiy qismi togʻli, sharqiy qismi tekislik, shimoliy va qisman shimoli-sharqiy sohillari pasttekislik, sharqiy qirgʻoqlari tik, gʻarbiy sohili esa juda baland. Materikning oʻrta qismi va Kanada Arktikasi arxipelagining materikka tutashgan joyi tekislik hamda platodan iborat. Gudzon qoʻltigʻining atrofi pasttekislik. Lavrentiy qirlari, Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar bor. Kanadaning gʻarbiy chekkasida Kordilyera togʻlari, janubi-sharqida Appalachi togʻlari joylashgan. Uran, temir, nikel, mis, rux, qoʻrgʻoshin, oltin va kumush, toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz konlari bor.

Iqlimi — Kanadaning koʻp qismida arktika va subarktika, janubida moʻtadil, asosan, kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha harorati shimolda —30°, —35°, janubda —18°, —20°, iyulniki shimolda 4—7° va janubda 16—18°. Gʻarbiy sohilda yillik yogʻin 2500 mm dan ortiq, sharqiy sohilda 1250 mm gacha, markaziy rayonlarda 400–250 mm, shimolda esa 150 mm dan kam.

Kanadada daryo koʻp, asosan, qor-yomgʻir suvlaridan hosil boʻladi. Muqaddas Lavrentiy daryosi (Buyuk koʻllari bilan), Finli—PisRiver—Qullar—Makenzi (Kichik Qullar, Atabaska, Katta Qullar va boshqa koʻllar bilan), Bou—Saskachevan—Nelson (Bou, Sidar, Vinnipeg va b. koʻllar bilan) daryo-koʻl tizimlari Atlantika va Shimoliy Muz okeani havzasiga kiradi. 200 dan ortiq yirik koʻllari bor.

Kanadaning chekka shimoli arktika saxrosi boʻlib, onda-sonda lishayniklar va boshqa oʻtlar uchraydi. Undan janubda tundra, soʻngra esa oʻrmon-tundra zonasi joylashgan. Podzol va botqoq tuproqlarda oq va qoraqaragʻay, amerika tilogʻochi oʻsadi. Janubi-sharqiy chekkasidagi podzol va qoʻngʻir oʻrmon tuproqlarda ignabargli va keng bargli daraxtlar bor. Tekisliklardagi unumdor tuproqli yerlarda dehqonchilik qilinadi.

Kanadada shimol bugʻusi, mushkli buqa, oq ayiq, qutb tulkisi, lemming, qutb quyoni, kaklik, boyqush, los, bizon, jayra, qoplon, boʻri, qunduz va boshqa hayvonlar yashaydi. Daryo va koʻllari baliqlarga boy. Milliy bogʻlari: Banf, Vud-Baffalo, Gleysher, Jasper, Yoxo va boshqa, viloyat bogʻlari ham bor.

Aholisi Aholisining 1/3 qismi ingliz-kanadaliklar (44 %) va fransuz-kanadaliklar (28 %). Tub aholisi — indeyslar 533 ming va eskimoslar salkam 33 ming kishi qolgan. Kanadada nemislar, ukrainlar, italyanlar, gollandlar, vengerlar, ruslar va boshqalar ham yashaydi. Jami aholisi soni 2021-yil holatiga 38,5 million kishi. Rasmiy tillar — ingliz va fransuz tillari. Fransuz-kanadaliklar katolik dinida, ingliz-kanadaliklarning asosiy qismi — protestant. Aholining 78,6 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Montreal, Kalgari, Toronto, Vankuver, Vinnipeg, Gamilton va boshqalar.

Tarixi Kanadaning qadimgi xalqi — eskimos va indeyslar. XV asr oxirlaridan Kanadaga yevropaliklar kela boshlagan. Fransuzlar Por-Ruayal va Kvebekka asos soldilar (1605—08). Kvebek Yangi Fransiya mustamlakasining markazi boʻlib qoldi. XVII asrning 20-yillarida Kanada hududida birinchi Angliya mustamlakasi — Yangi Shotlandiya vujudga keldi. XVII asrning 2-yarmidan fransuz-kanadaliklar shakllandi. Yetti yillik urush (1756—63) natijasida Buyuk Britaniya Yangi Fransiyani egallab oldi. 1791 yil Kvebek 2 viloyat (Quyi Kanada va Yuqori Kanada)ga boʻlindi.

Kanada uchun boʻlgan Angliya-Amerika urushi (1812—14) natijasida demokratik islohot va oʻzini oʻzi boshqarish uchun harakat boshlanib ketdi. Viloyatlarda islohot tarafdorlari („vatanparvarlar“) partiyalari tuzildi. 1834-yil islohot tarafdorlari Quyi va Yuqori Kanada parlamentlari faoliyatini nazorat ostiga oldi. 1841-yil Yuqori Kanada bilan Quyi Kanada birlashtirildi. 1848-yil Kanada va Yangi Shotlandiyada yangi hukumat tuzildi. XIX asr oʻrtalarida Kanadada temir yoʻllar qurildi, sanoat rivojlandi, 1867-yil Buyuk Britaniyaning Shimoliy Amerikadagi mustamlakalari birlashtirilib, „Kanada dominioni“ nomi bilan federatsiya tuzildi. Yangi Shotlandiya, Nyu-Bransuik, shimoliy-gʻarbdagi hududlar, Britaniya Kolumbiyasi (1871) va Prins-Eduard oroli (1873) Kanada dominioniga qoʻshib olindi. Markazlashgan davlat barpo etilishi milliy bozorning yuzaga kelishiga asos boʻldi.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Kanada iqtisodiyoti rivojlandi. Ishlab chiqaruvchi sanoat tez oʻsib, uning mahsuloti qiymati 1914—18 yillarda 4 baravar oshdi, aholi soni 64 % koʻpaydi. Kapital va ishlab chiqaruvchi sanoati yiriklashdi, 1900—17-yillarda banklar birlashishi natijasida ularning soni 36 dan 21 ga kamaydi; bank va sanoat kapitali qoʻshila bordi. Birinchi jahon urushida Kanada Buyuk Britaniya tomonida qatnashdi.

Birinchi jahon urushi davrida Kanada iqtisodiyoti mustahkamlanib olishi natijasida Kanadada Angliya taʼsiri susaydi. 1919—20 yilgi Parij konferensiyasida Kanada sulh shartnomalarini mustaqil imzoladi. Boshqa dominionlar bilan bir qatorda Kanada Millatlar Ligasiga vakil yuborish huquqini qoʻlga kiritdi.

1929—33-yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni natijasida sanoat ishlab chiqarish 2 baravardan ziyod kamayib ketdi. 1933-yil boshida ishsizlar 1,3 mln. kishidan ortdi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narxi nihoyatda pasayib ketishi natijasida 240 ming ferma barbod boʻldi.

Ikkinchi jahon urushida Kanada Buyuk Britaniya tomonida qatnashdi. Kanada antifashist davlatlarni, birinchi navbatda, Buyuk Britaniyani xom-ashyo, oziq-ovqat, qurol-yarogʻ bilan taʼminlab turdi. Mamlakatda harbiy sanoat rivojlandi, yangi tarmoqlar: stanoksozlik, sintetik kauchuk ishlab chiqarish va boshqalar vujudga keldi. 1939—45 yillarda sanoat ishlab chiqarish 2,5 baravar ortdi.

1960-yillardan Kanada hukumati ichki va tashqi siyosatda milliy manfaatlarni koʻzlab ish tuta boshladi. Hukumat Kanadaning siyosiy mustaqilligini saqlashga, Lotin Amerikasi, Osiyo va Yevropa mamlakatlari bilan aloqalarni rivojlantirishga intildi. Keyingi yillarda Kanadada milliy masala keskinlashdi. Kvebek partiyasi mazkur viloyatni alohida davlat qilib ajratishni talab qila boshladi. 1995-yilda Kvebek suvereniteti xususida oʻtkazilgan referendumda suverenitetga qarshi boʻlganlarning 50,6 % ovoz olishi natijasida mamlakatning parchalanish xavfi bartaraf etildi. Kanada — 1945-yildan BMT aʼzosi. 1991-yil 25 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi va 1992-yil 7-aprelda u bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 1-iyul — Kanada kuni (1867).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Liberal partiya, 1873 yil rasmiylashgan; Progressiv konservativ partiya, 1854 yil tuzilgan; Kanada Kommunistok partiyasi, 1921 yil vujudga kelgan; Kvebek partiyasi, 1968 yil tuzilgan; Yangi demokratik partiya, 1961 yil asos solingan; Kvebek bloki partiyasi, 1990 yil tuzilgan; Kanada isloxrt partiyasi, 1987 yil, tuzilgan; Kanada uyushmasi partiyasi, 2000-yilda tuzilgan. Kasaba uyushmalari birlashmalari — Kanada ishchilar kongressi 1956 yil tuzilgan, Milliy kasaba uyushmalari konfederatsiyasi 1921 yil vujudga kelgan.

Xoʻjaligi Kanada — yuksak taraqqiy etgan industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 22 %, qishloq xoʻjaligi ulushi 2,2 %.

Aholi jon boshiga mineral xom ashyo va yarim fabrikatlar ishlab chiqarish jihatdan Kanada taraqqiy etgan koʻpgina mamlakatlardan ustunlik qiladi. Nikel, rux, kumush, molibden rudalari, asbest, oltin, platina, niobiy, tabiiy gaz, oltingurt qazib chiqarishda, gazetabop qogʻoz, alyuminiy, sellyuloza, tilingan binokorlik yogʻochlari ishlab chiqarishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Kanadada koʻmir, neft, temir rudasi, volfram, uran (metall tarkibidagi ruda), kaliyli tuzlar, oltingugurt qam qazib chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 490,8 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Toronto, Vankuver va Ontario atrofida bir kancha yirik issiqlik elektr stansiya va AES bor. Asosiy GESlari Kvebek, Ontario va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida. Ishlab chiqaruvchi sanoatda oziq-ovqat va tamaki sanoati’, qora va rangli metallurgiya hamda metall ishlash, transport mashinasozligi va b. tarmoqlar yetakchi oʻrinda.

Mashinasozlik ishlab chiqaruvchi sanoat mahsuloti qiymatining 1/2 qismini beradi. Uning asosiy tarmogʻi — transport mashinasozligi (avtomobil, kema, aviatsiya, vagon va lokomotivso zli k). Boshqa sanoat tarmoqlaridan qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, neft va gaz sanoati, kon, oʻrmon va sellyuloza-qogʻoz sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish kor-xonalari yaxshi rivojlangan. Mashinasozlikning asosiy markazlari: Toronto, Montreal, Uinsor, Gamilton va b. Qora metallurgiya Gamilton, Su-Sent-Mari, Uellend va Sidni shaharlarida, alyuminiy, rangli metallar ishlab chiqarish Arvid, Kitimat, Norand, Sadberi, Tompson, Traylda toʻplangan. Neftni kayta ishlash zavodlari Montreal va Sarniyada joylashgan. Kimyoviy oʻgʻitlar, sintetik kauchuk va plastmassa ishlab chiqarish rivojlangan. Asosiy markazlari: Sarniya, Montreal, Toronto, NiagaraFole va Kitchener. Un tortish, goʻsht, baliq-konserva va likyor-araq ishlab chiqarish oziqovqat sanoatining asosiy tarmoqlari boʻlib, ular muhim eksport ahamiyatiga ega. Yengil sanoat tarmoqlaridan toʻqimachilik, koʻn-poyabzal va tikuvchilik nisbatan yaxshi rivojlangan. Mahsulotning yarmi Montrealda ishlab chiqariladi. Tilingan taxta, gazetabop qogʻoz, karton ishlab chiqarish markazlari: Britaniya Kolumbiyasi va Kvebek viloyatlari. Qishloq xoʻjaligi sermahsul, fermalari mexanizatsiyalashgan va ixtisoslashgan. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning 1/4 qismiga yaqini yirik xoʻjaliklarga birlashgan. 70 mln. gektar yer fermalar bilan band. Dehqonchilik ustun. Gʻalla (bugʻdoy, arpa, suli, makkajoʻxori), texnika ekinlari (qand lavlagi, soya, zigʻir, tamaki), oʻt va yem-xashak, sab-zavot, kartoshka, raps yetishtiriladi. Fermalarning 9/yu qismi elektrlashtirilgan. Don xoʻjaligi rivojlangan asosiy joylar: dasht viloyatlari, ay-niqsa, Saskachevan va Manitoba. Yetishtirilgan bugʻdoyning ‘/2 qismidan ziyodrogʻi, arpa hosilining ‘/3 qismi chetga chiqariladi. Sut chorvachiligi Ontario, Kvebek va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida rivojlangan. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, qoʻy va ot boqiladi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotining 60 % ga yaqinini chorvachilik yetishtirib beradi.

Oʻrmon xoʻjaligi Britaniya Kolumbiyasi, Kvebek va Ontario shaharlarida yaxshi rivojlangan. Jahonda tayyorlanadigan yogʻochning ‘/yu Kanadaga toʻgʻri keladi. Baliq-chilik, hayvonotchilik, parrandachilik, moʻynachilik rivojlangan.

Transporti 94,3 ming km temir yoʻl va 850 000 km avtomobil yoʻli bor. Daryo va dengiz transporti, shuningdek, Buyuk koʻllar, Muqaddas Lavrentiy daryosidagi suv yoʻllari muhim ahamiyatga ega. Asosiy portlari: Vankuver, Set-Il, Montreal, Tander-Bey. Avtotransportining ahamiyati (ayniqsa, shimolida) juda katta. Asosiy aeroportlari Montreal, Toronto, Vankuver, Vinnipeg va Ottava shaharlartida rivojlangan.

Tashqi savdo