thumb|461x461px|Maya taqvimi 2012-yil fenomeni esxatologik fenomen boʻlib, 2012-yil 21-dekabr kuni kataklizm yoki keskin oʻzgarishlar sodir boʻlishiga ishonchlarda namoyon boʻladi. Ushbu sana Maya taqvimida „4-Ajau, Tunning 9-ilohi, 3-Kank’in, 1-Kaban yil“ nomi bilan atalib, 5125 yillik sikl oxiri sifatida belgilangan.2012 Maya Calendar Mystery and Math, Surviving Yucatan Bu sanaga turli astronomik tizilish va numerologik formulalar aloqador qilib koʻrsatiladi, biroq ularning hech biri akademik fan tomonidan qabul etilmagan.
New Age harakati tafsiriga koʻra 2012-yil 21-dekabridan boshlab Yer va uning aholisi fizik yoki ruhiy transformatsiyani boshidan kechirishi mumkin. Boshqalarning fikricha bu kuni dunyo yakuni yoki shunga oʻxshash halokat roʻy beradi. Ehtimoliy ssenariylarga Quyosh maksimumi, Yer va ulkan qora tuynuk oʻzaro taʼsiri yoki Yer va Nibiru nomli gipotetik sayyora toʻqnashuvi kiradi.
Turli sohalar olimlari bu farazlarni asossiz, deb baholashadi. Mayashunos tarixchilar Maya solnomalarida qiyomat haqida eslatilmagan, deyishadi.David Stuart, The Order of Days: The Maya World and the Truth about 2012, Harmony Books, 2011 Astronomlar va boshqa olimlar bu farazlarni soxta fan, deb rad etishadi.
Manbalar
Havolalar 21 декабрь куни нима бўлади? , kun.uz