Qoraxoniylar davlati yoki qisqacha Qoraxoniylar — 840—1212-yillar oraligʻida Oʻrta Osiyo va Movarounnahrda hukmronlik qilgan turkiy sulola. Bu Markaziy Osiyoda barpo etilgan ilk turkiy-islomiy davlatdirBiran, Micheal. 2015. „Qarakhanid Eastern Trade: Preliminary Notes on the Silk Roads in the 11th-12th centuries.“ I.
Baʼzi bir qarashlarga koʻra, Qoraxoniylar davlati qarluq turkiy qabilalariga mansub boʻlganZeki Velidi Togan, Umumi Türk Tarihine Giriş, İstanbul 1981, s. 58.. 389/999-yillarda Ilekxon (388—403/998—1013) qoʻmondonligi ostidagi qoraxoniylarning hujumlari ularga Movarounnahr hududidagi hukmronlikni qoʻlga kiritish imkonini berdiLe Strange Guy, Buldânü'l-Hilâfeti'şŞarkıyye, trc. Beşir Fransîs vd., Beyrut 1405/1985, s. 476-.
Bu hujumlar Somoniylar davlatining qulashi haqida ham xabar berdi. Chunki hujumlardan keyin Qoraxoniylar davlati mintaqadagi Somoniylar davlatining koʻp joylarini bosib oldiel-Gerdîzî, II, 278-279. Qoraxoniylar davlati ichki nizolar va boʻlinishlar bilan koʻp davrlarni boshidan kechirdi. Boʻlinishlar va ichki nizolar, tabiiyki, davlat boshqaruvida sheriklik tizimini qoʻllash natijasida sodir boʻlgan. Chunki davlatda bir vaqtning oʻzida ikki xil hukmdor boʻlgan: Buyuk xon va oddiy xon. Buyuk Xon davlatning sharqiy qismida istiqomat qilgan va sharqiy tomonni boshqargan. Boshqa Xon gʻarbda istiqomat qilib, davlatning gʻarbiy qismini boshqarganİA., VI, 254..
Davlat nomi Qoraxoniylar davlati — 840—1212 yillar oraligʻida markazi hozirgi Qirgʻizistonda joylashgan Oʻrta Osiyo-yerlarida hukmronlik qilgan turk davlati.
Ayrim tarixiy manbalarda bu saltanat „Ilexon saltanati“ deb yuritiladi. Topilgan tangalarning koʻpchiligida „Ilek (Ilik, qoʻl va boshqalar)“ tipik soʻz bor. Masalan, islomiy manbalarda Ali ibn al-Asir bu sulola nomini al-Hoqoniya, al-Haniya yoki al-Afrasiya deb taʼriflaganOmeljan Pritsak, „Die Karachaniden“ Der Islam 31 (193-54): 17.
Tarixshunoslik va uslubga koʻra, eng toʻgʻri nomenklatura "Et-Türkü‘l-Hakaniyye" , yaʼni Mahmud Koshgʻariy aytganidek, „Turk xoqonligi“ deganidir.
Nomining kelib chiqishi Davlat nomi ikki turkiy soʻzdan iborat: Kara va Xan. „Kara“ turkchada qora va zodagonlikni bildiradi, „xon“, toʻgʻrirogʻi xoqon esa tanhu, jabgʻu, yabgʻu, ilbey kabi hukmdorlarga beriladigan turkcha unvondir.
Omeljan Pritsak masalani boshqa tomondan tushuntirdi. Qora, qizil, oq va koʻk turklarda toʻrt yoʻnalishni ifodalaydi. Kompas shimoliy tomonni koʻrsatadi va aksariyat shaharlarda bu yoʻnalishlarning darvozalari alohida nomlanadi.
Balxning shimoli, yaʼni Karaning yoʻnalishi (tomoni) turk darvozasidir. Janub darvozasi hind, gʻarbiy darvozasi yahudiy, sharqiy darvozasi esa xitoy. Qora kuchli, ulugʻvor va jasur degan maʼnoni ham anglatadi. Shuning uchun ular bu nomni olishlari kerak edi.
Mahmud Gʻazniyga xitoylar tomonidan berilgan „Qoraxon“ atamasi ham xuddi shunday maʼnoga ega. „Qora“ buyuklik, balandlik va ustunlikni anglatadiOmeljan Pritsak, 1955, pp. 239-63; Doerfer, Elemente III, pp. 426-32..
Tashkil topishi 840 yildaKochnev B. D., Numizmaticheskaya istoriya Karaxanidskogo kaganata (991—1209 gg.). Moskva „Sofiya“, 2006. s.147 Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlarida „podshoh yagʻma“ yoki „ilakxon“ boshchiligidagi Qoraxoniylar davlati tashkil topadi. Bu davlat tarkibiga turli turkiy urugʻlar — qarluqlar, chigillar, argʻular, yagʻmolar va boshqa xalqlar kirgan boʻlib, ular 960-yilga qadar islom dinini qabul qilganlar.
Qoraxoniylar davlati Movarounnaxrda
Qoraxoniylar davlatining saltanat darajasidagi rivoji va taraqqiyoti X asrning 2-yarmiga toʻgʻri keladi. Abdulkarim Sotuq Bugʻroxon hokimiyatni egallab, oʻzini „Qoraxon“ deb eʼlon qiladi. Bugʻroxondan keyingi barcha xonlar ham ushbu unvon bilan ulugʻlangan. thumb|450px|Qoraxoniylar davlati 1006-yil
992-yili elikxon Bugʻra boshchiligidagi Qoraxoniylar qoʻshini Movarounnahr hududiga bostirib kiradi. Qoraxoniylar gʻalabasiga Bugʻraxon bilan Xurosonning somoniy hokimi Abuali Simjur oʻrtasida tuzilgan hufyona ittifoq hamda lashkarboshi Foiqning sotqinligi sabab boʻlgan. Natijada qoraxoniylar Buxoroni jangsiz ishgʻol etadilar, amir Nuh esa Chorjoʻyga qochishga majbur boʻladi. Ammo Bugʻraxon kasallanib, oʻz vatani Koshgʻarga ketayotganda vafot etadi. Qoraxoniylar Buxorodan katta oʻlja bilan qaytadilar. Qoraxoniyalarning yangi yoʻlboshchisi boʻlgan elikxon Nasr Buxoroga qayta hujum uyushtiradi. 995—996-yillarda Nuh II Sabuh Tegin madadi bilan qoraxoniylar hujumini daf etadi.
Qoraxoniylar hukmronligini Movarounnahrda oʻrnatilishi 999-yili qoraxoniylar yana Buxoroni ishgʻol etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga oladilar. Bu hol Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal boʻlishiga olib keladi. Qoraxoniylar davlati Koshgʻardan Amudaryogacha choʻzilgan Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Shosh, Fargʻona va qadimgi Soʻgʻd yerlarini oʻz ichiga olgan. 1005-yilgacha somoniylarning soʻnggi vakili al-Muntasir qoraxoniylar bilan muvaffaqiyatli kurashgan, biroq raqibning koʻpsonli qoʻshini pirovard gʻalabani taʼminlagan. Bogʻdod halifi fatvosi bilan elikxon Nasr ibn Ali Movarounnahrda oʻz hukmronligini oʻrnatdi. Movarounnahrni zabt etgach qoraxoniylar dehqonlar tabaqasini yakson etdilar va ularning yerlari va suvlarini davlat tasarrufiga topshirganlar. Elikxon Nasr 1012-yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin vorislik qiladi. Qoraxoniylar Amudaryo vodiysi yerlari uchun gʻaznaviylar davlatiga qarshi muntazam urushlar olib borishadi, XI asr oxirida esa saljuqlarning kuchaygan davlatiga tobe boʻlib qolishadi. Elikxon poytaxti dastlab Uzgenda joylashgan, soʻngra Samarqandga koʻchirilgan. Buxoro ham Samarqandga tobe boʻlgan. Qoraxoniylar Samarqandda, Buxoroda, Binkentda koʻplab binokorlik ishlarini amalga oshirishgan, saroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etishgan, musulmon dini nufuzini saqlash va mustahkamlashga hissa qoʻshishgan.
Mazkur davlat chegarasida islom dini keng yoyilgan. Qoraxoniylar oʻz davlat chegarasini somoniylar sulolasiga tegishli hududlar hisobiga kengaytirish siyosatini olib borishgan. Somoniylar hokimiyati bu vaqtga kelib, chuqur siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga yuz tutib zaiflashib qolgan edi. Ana shunday vaziyatda qoraxoniylar somoniylar poytaxti Buxoroni deyarli qarshiliksiz ishgʻol etishadi. Biroq, Hasan Bugʻroxon betobligi tufayli Buxoroda uzoq turmay, Qashqarga qaytishda yoʻlda vafot etadi. 996 yil qoraxoniylar yana Movarounnahr sari yurish boshlaydi. Gʻaznaviylar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida oʻrtada shartnoma tuzilib, unga koʻra, Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qoʻliga oʻtadi. Amudaryoning jan.dagi yerlarda va Xuroson hududida Sabukteginsh hukmronligi oʻrnatiladi. Somoniylar ixtiyorida esa Movarounnahrning markaziy qis-migina qoladi. Somoniylar hokimiyati tugatilgach, X asr oxirlariga kelib, Qoraxoniylar davlati Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimlaridan to Yettisuv, sharqda esa Torim daryosigacha boʻlgan katta hududga egalik qiladi. Amudaryo Qoraxoniylar va Gʻaznaviylar davlati oʻrtasida chegara boʻlib qoladi. Lekin ushbu 2 turkiy davlat oʻrtasida ham Xuroson hududi uchun oʻzaro urushlar boʻlib oʻtadi. 1006- va 1008-yillarda qoraxoniylar Xurosonga qoʻshin tortib, Balx, Tus va Nishopur shahrini zabt etadi. Lekin Sulton Mahmud Gʻaznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni oʻz qoʻlida saqlab qoladi. Gʻaznaviylar keyinchalik dastlab oʻzlari yer berib, homiylik qilgan saljuqiylar bilan zid-diyatga kirishib, oʻrtada katta harbiy toʻqnashuvlar yuz beradi. 1040-yilda esa Dandanakon jangiaa gʻaznaviylar saljuqiylar tomonidan qaqshat-qich zarbaga uchrab oʻzlarini qaytib oʻnglay olmaydi. Gʻaznaviylar davlatini bu inqirozidan, qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Boʻritegin foydalanib qoladi. U dastlab Xuttalon, Vaxsh va Chagʻoniyonni gʻaznaviylardan tortib oladi. Keyinchalik butun Movarounnahrni va Fargʻonani oʻziga boʻysundirib mustaqil siyosat olib boradi.
Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati thumb|Qoraxoniylarning Samarqanddagi qarorgohi xarobalari, Afrosiyob xarobalari Oqibatda Qoraxoniylar davlati 1040-yilga kelib 2 mustaqil davlatga: sharqiy va gʻarbiy qismga boʻlinib ketadi. Sharqiy qismiga Yettisuv, Qashqar, Taroz, Isfijob, Shosh va Sharqiy Fargʻona kirgan. Poytaxti Bolasogʻun, madaniy markazi Qashqar boʻlgan. Gʻarbiy qism Movarounnahrdan to Fargʻona vodiysining gʻarbiy chegarasigacha boʻlgan yerlarni oʻz ichiga oladi. Markazi Samarqand hisoblangan.
Yagona Qoraxoniylar davlati bu tarzda ikkiga boʻlinishi va ular oʻrtasida sulolaviy kurashlarning davom etishi, yerdan foydalanishga iqto tartibotining keng yoyilishi va mahalliy hokimlarning kuchayishi markaziy hokimiyatni zaiflashtirib qoʻyadi. Natijada Qoraxoniylar davlati 1130-yil saljuqiylar hukmdori Sulton Sanjarga tobe boʻlib qoladi. XII asrning 30-yillari oxirida Qoraxoniylar davlati sharqdan kelgan yangi istilochilar — koʻchmanchi qoraxitoylar hujumiga duchor boʻlib, parchalanib ketdi. Lekin Qoraxoniylar davlati, garchi tarqoq holda boʻlsa-da, XIII asr boshiga qadar mavjud boʻlgan. 1212-yilda qoraxoniylarning soʻnggi vakili Usmon ibn Ibrohimning Aloud-din Muhammad Xorazmshoh tomonidan qatl etilishi qoraxoniylarni sulola sifatida rasman barham topishiga olib keldi.
Qoraxoniylar davlati vujudga kelgan dastlabki vaqtda, uning etnik asosi va aholisining tarkibini Yettisuv, Isfijob, Shosh, Sharqiy Turkistonning gʻarbiy qismi, Fargʻonaning shim.-sharqiy hududlarida yashovchi turkiylar, qarluq, chigil, xalach, toʻxsi va argʻun kabi koʻplab turkiy qabilalar tashkil etgan. Qoraxoniylar keyinchalik Movarounnahr uzra oʻz hukmronligini oʻrnatgach, oʻlkalarda qadimdan yashab kelayotgan oʻtroq va koʻchmanchi aholini, mazkur yagona davlatning umumiy chegaralarida oʻzaro bir-biriga yaqinlashish va aralashib borish jarayoni tezlashdi. Ularning iqtisodiy, madaniy hayoti, bir-biri bilan aloqadorlikda rivojlana bordi. Tub yerli aholi taʼsirida yarim koʻchmanchi va yarim oʻtroqlikda yashab kelgan etnik guruhlar oʻtroqlashib dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullanadilar.
Bu obyektiv voqea-hodisalar natijasida oʻzbek xalqining etnik, hududiy va madaniy jihatdan belgilarida umumiylik hosil boʻlib, bu davrda oʻzbek xalqining xalq sifatida shakllanish jarayonining yakuniy bosqichi yuz berdi (qarang, Oʻzbeklar).
Maʼmuriy-boshqaruv tizimi Qoraxoniylar davlatchilik tizimi oʻzidan oldin oʻtgan Turk xoqonligi, Turkash davlati kabi turkiy davlatlarning davlatchilik tajribasi va anʼanalariga asoslangan. Qoraxoniylar sulolasi davlat boshqaruvida bu tajribalardan unumli foydalanib, oʻz navbatida, uni rivojlantirib, yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan. Qoraxoniylar davlati dastlab tashkil topgan vaqtda (IX asr oʻrtasi) maʼmuriy-boshqaruv tizimi, qabilalarning oʻzaro ittifoqi negiziga asoslangan edi. Bunda davlat boshligʻi „yabgʻu“ deb nomlangan. Oʻlkadagi barcha qabilalar yabgʻuga boʻysungan, ayni vaqtda yabgʻu oʻzi hukmronlik qilayotgan hududdagi barcha qabilalarni tashqi hujumlardan himoya qilgan. Joylarda har bir qabilani oʻz sardorlari boshqargan. Qabila sardorlari ayni vaqtda, shu qabilani harbiy sarkardasi boʻlib, xoqon noibi hisoblangan. Harbiy hara-katlar vaqtida ular yabgʻuning buyrugʻiga binoan oʻz harbiy boʻlinmalari bilan urushda qatnashishgan.
Vaqt oʻtishi bilan qoraxoniylarning bu maʼmuriy boshqaruv usuli rivojlanib, takomillashib borgan. X asrning oʻrtalariga kelib, Qoraxoniylar davlati oʻz tarkibiga qoʻshni qabilalarni ham qoʻshib olib, hududiy jihatdan kengayib, katta siyosiy kuchga aylangach, ularning davlat boshqaruvida ham maʼlum islohotlar yuz berdi. Davlat tepasida odatda „qoraxon“ unvoni bilan ulugʻlangan „buyuk xon“ oʻtirgan. Xonlik taxtiga ogʻa-inichilik udumi asosida sulolaning eng yoshi ulugʻ kishisi oʻtirgan. Xonlar „qoraxon“ unvoni bilan birga tavgʻachxon, arslonxon, bugʻroxon kabi faxriy unvonlar bilan ham ulugʻlangan.