Uzunkoʻl tumani' — Qoʻstanay viloyatining shimoliy qismida joylashgan. 1939-yili tashkil topdi. 1966-yilgacha Uzunkoʻl, 1966 — 96-yillarda Lenin tumani deb nomlanib keldi. Maydoni 7,2 ming km2. Aholisi 25 264 kishi (2010). Tumanning maʼmuriy markazi — Uzunkoʻl qishlogʻi.
Geografiyasi Tuman Gʻarbiy Sibir tekisligining janubi-gʻarbiy hududida joylashgan. Tuman yeri asosan tekislik, faqat markaziy va gʻarbiy qismi anchagina qir-adirliklardan tashkil topgan. Mutlaq balandligi 185 m. Obagʻan dar. vodiysining mutlaq balandligi 89 m. Hududining asosiy qismini koʻlli, soygʻoq landshaft tashkil qiladi.
Aholisi Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi. Aholisining zichligi 1 km2-ga 3,8 kishidan toʻgʻri keladi Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil): ruslar — 10 628 kishi (42,07 %) qozoqlar — 10 364 kishi (41,02 %) ukrainlar — 2 441 kishi (9,66 %) olmonlar — 448 kishi (1,77 %) beloruslar — 434 kishi (1,72 %) tatarlar — 241 kishi (0,95 %) moldavanlar — 106 kishi (0,42 %) ozarbayjonlar — 99 kishi (0,39 %) boshqalari — 503 kishi (1,99 %) Umumiy — 25 264 kishi (100,00 %)
Iqlimi Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, qahraton, boʻronli, yozi iliq, qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 19 °C, iyulniki 19 — 21 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 300 – 350 mm. Tumanning gʻarbiy tarafidan Obagʻan daryosi oqib oʻtadi. Tumanda koʻllar koʻp, asosan koʻpchiligi chuchik suvli. Ularning umumiy hududi 33,8 ming ga. Katta koʻllari: Sarioba, Rechnoy, Saribaliq, Jarqayin, Jasilbagʻar, Ayjan, v.h.
Manbalar
Turkum:Qozogʻiston tumanlari