Erfurt — Germaniyadagi shahar, Gera daryosi boʻyida. Tyuringiya Respublikasining maʼmuriy markazi. Aholisi 202,1 ming kishi (1999). Mamlakatning muhim sanoat markazlaridan. Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mashinasozlik sanoati rivojlangan: temirchilikpresslash uskunalari, radioelektronika jihozlari, elektron hisoblash texnikasi ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud. Kimyo, mebel, tikuvchilik, poyabzal, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Tibbiyot akademiyasi, universitet bor. E.ga 741 yilda asos solingan. VIII asrda yirik savdo shahri boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklardan 12— XV asrlarda qurilgan gotika cherkovi va sobor saqlangan. E.da gul navlarining xalqaro koʻrgazmasi oʻtkaziladi.

Erfurt — Germaniyaning Turingiya federal yerining poytaxti.

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Germaniya shaharlari