Navruzim tumani- Qoʻstanoy viloyatining markaziy qismidagi tuman, 1965-yili tashkil topgan. Maydoni 18,3 ming km². Aholisi 13,037 kishi (2010). Tumanning maʼmuriy markazi — Qaramendi qishlogʻi. Navruzim tumani Toʻrgʻay usyurtining shimoliy tomonida joylashgan. Tumanning eng baland choʻqqisi Qargʻali togʻidadir (308 m).

Iqlimi Iqlimi keskin kontinental. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −18 — 19 °C. Yozi issiq. Iyul oyining oʻrtacha yillik harorati 22 °C. Yoz oylarida harorat 40 C-gacha koʻtariladi. Iqlimning qurgʻoq boʻlishiga bogʻliq yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 200 — 250 mm-dan oshmaydi. Uning 70 — 75 %-i yilning iliq mavsumlarida yogʻadi. Esib turuvchi shamollarning yillik oʻrtacha tezligi 4,5 — 5 m/s.

Aholisi Tuman aholisi 13 037 kishi (2010) Zichligi 1 km²-ga 0,8 kishidan toʻgʻri keladi (2004). Tuman aholisining asosiy qismini qozoqlar tashkil qiladi. Aholining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin: (1-yanvar 2010-yil): qozoqlar — 8 938 kishi (68,56 %) ruslar — 1 818 kishi (13,94 %) ukrainlar — 926 kishi (7,10 %) ozarbayjonlar — 305 kishi (2,34 %) tatarlar — 246 kishi (1,89 %) beloruslar — 219 kishi (1,68 %) olmonlar — 180 kishi (1,38 %) boshqirdlar — 119 kishi (0,91 %) boshqalari — 286 kishi (2,19 %) Umumiy — 13 037 kishi (100,00 %)

Ijtimoiy soha Madaniyat, bilim berish va tibbiyot mahkamlaridan Navruzim tumanida umumiy bilim beruvchi 22 ta maktab, 1 madaniyat uyi, 9 ta klub, 11 ta kutubxona, tuman kasalxonasi va shifoxona, 14 feldsh-akusher punkt, 2 ta dorixona faoliyat yuritmoqda.Qozoq ensiklopediyasi, 7 tom

Manbalar

Turkum:Qozogʻiston tumanlari