Mavlono Lutfulloh (toʻliq ismi: Mavlono Lutfulloh Fathulloh 1487 (1485)-yil —1571-yil) oʻz davrining buyuk irregatori sifatida tarixda qolgan, mashhur alloma boʻlgan. Biografiyasi Mavlono Lutfulloh naqshbandiylik tariqatining mashhur namayondasi. Axsikentdagi madrasada tahsil olgan. Keyinchalik Xoʻja Axrorning halifasi Muxammad Qozi qoʻlida 6 yil tahsil olgan. U bir necha marta yashash joyini oʻzgartirgan va oxiri Chustga kelib yashagan. Bu yerda dehqonchilik qilgan. Chust shaxrida koʻplab ariqlar va buloqlar uning nomi bilan yuritiladi. Tarixiy manbalarning yozilishicha Mavlono Lutfulloh paygʻambarimiz Muhammad s.a.v.ning sahobalari Abu Bakr Siddiq (r.a.) 16-o‘g‘il shajara bo‘yicha avlodlari hisoblanadi. U kishining qabrlari Chust shahridagi istirohat bogʻida joylashgan va har yili 100minglab odamlar shu bogʻga kelib ziyorat qib ketishadi.
Manbalar
Turkum:1571-yilda vafot etganlar Turkum:Naqshbandiya tariqati