Afghanis-tan (, Afuganisu-tan) yapon yonkoma mangasi boʻlib, 2003-yil oktabridan 2005-yil fevraligacha Timaking (ちまきing) tomonidan veb-komiks sifatida chiqarilgan. Manga Afgʻoniston va unga qoʻshni mamlakatlarning XIX asrdan boshlab zamonaviy tarixi haqida hikoya qiladi. Mamlakatlar shaxslashtirilib koʻrsatilgan.

Qahramonlar Afghanis-tan (, Afuganisu-tan) — Afgʻoniston obrazi Manga bosh qahramoni, kuchli feʼl-atvorli qoʻshnilar orasidagi qiz. Sharbat Gulaga asoslanib tasvirlangan.

Pakis-tan (, Pakisu-tan) — Pokiston obrazi Maqtanchoq, yolgʻiz qiz. Afghanis-tan'ni yoqtiradi.

Uzbekis-tan (, Uzubekisu-tan) — Oʻzbekiston obrazi Oʻjar qiz, Pakis-tan bilan chiqishmaydi. Rossiyani yoqtiradi, Karakalpaks-tan ismli singlisi bor.Character bio: Uzbekis-tan, pbase.com

Tajikis-tan (, Tajikisu-tan) — Tojikiston obrazi Qiziqqon, futbolni sevadi.

Kyrgyzs-tan (, Kirugisu-tan) — Qirgʻiziston obrazi Gapga chechan va zukko. Oʻyinchoq axaltaka ot minib yuradi.

Turkmenis-tan (, Torukumenisu-tan) — Turkmaniston obrazi Jumboq qahramon, sirini hech kimga ochmaydi. Saparmyrat Nyýazowga parodiya.

Meriken () — AQSh obrazi Badavlat mehmon, urishqoq.

Al-Nyaida (, Arunyaida) — Al-Qoida obrazi Yovvoyi mushuklar toʻdasi. Nuqul vayronagarchilik bilan mashgʻul.

Manbalar

Havolalar Afghanis-tan

Turkum:Manga