Shayxontohur tumani – Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1929-yil Oktabr tumani nomi bilan tuzilgan. 1992-yilda Shayxontohur (Shayx Xovandi Tohur) tumani deb oʻzgartirilgan. 1978-yildan hozirgi chegarada. Shimoli-gʻarbda Zangiota tumani, shimolida Olmazor tumani (sobiq Sobir Rahimov)Vlasti Uzbekistana obʼyasnili, pochemu pereimenovani dva rayona Tashkenta, shimoli-sharqda va sharqda Yunusobod, janubda Chilonzor va Yakkasaroy, gʻarbda Uchtepa tumani (sobiq Akmal Ikromov) tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,73 ming ga, shu jumladan koʻkalamzorlashtirilgan maydonlar 0,832 ming ga. Aholisi 360,5 ming kishi (2023). Koʻchalar soni 622 ta. Asosiy magistrallari: Abdulla Qodiriy, Navoiy, Oʻzbekiston, Beruniy shohkoʻchalari, Furqat, Uygʻur, Samarqand darvoza koʻchalari. Xalqlar doʻstligi, Xadra, Chorsu, Oqtepa maydonlari, 48 ta mahalla bor.
Tumanda 3379 ga yaqin korxona va tashkilot mavjud. 9 ta sanoat korxonasi, shundan „Sharq guli“ badiiy, Toshkent tikuvchilik, „Orzu“ ishlab chiqarish birlashmalari, Toshkent matbaa kombinati, koʻnmoʻyna zavodi va boshqa ishlab turibdi. 3069 ga yaqin kichik va oʻrta biznes subyektlari qayd etilgan. Shayxontohur tumanida 18 ta vazirlik, davlat qoʻmitalari va yirik idoralar, meʼmorlik va shaharsozlik bosh boshqarmasi, 11 ta loyihalash instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi, Seysmologiya, Polimerlar kimyosi va fizikasi, Mikrobiologiya institutlari, Webster universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, 16 ta oʻrta maxsus oʻquv yurti, 42 ta umumiy taʼlim maktabi va boshqa muassasa, tashkilotlar bor. 10 ta oilaviy va stomatologiya shifoxonasi, 18 ta poliklinika va ambulatoriya, 8 ta kasalxona xizmat koʻrsatadi. Mustaqillik yillarida tuman hududida Oʻzbekiston konservatoriyasi, Islom universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litsey qurildi, Oʻzbek milliy akademik drama teatri, „Chorsu“ savdo markazi binolari hamda Eski joʻva bozori qayta taʼmirlandi.
Eng yirik guzarlari: „Gulzor“, „Ipakchi“, „Koʻkcha“, „Islomobod“. Tumanda „Yangi Kamolon“, „Huvaydo“, „Bogʻkoʻcha“, „Choʻponota“, „Ipakchi“ mahallalarida katta sport maydonlari mavjud. 562 oziq-ovqat, 346 sanoat mollari doʻkonlari, 174 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, „Chorsu“ savdo markazi tuman aholisiga xizmat koʻrsatadi.
Oʻzbek milliy akademik drama teatri, Abror Hidoyatov nomidagi Oʻzbek davlat drama teatri, Satira teatri, Rus yosh tomoshabinlar teatri, sirk, „Sanʼat saroyi“, „Oʻzkoʻrgazmasavdo“ saroyi, 9 ta madaniyat uyi va muassasasi, Kino uyi, 22 ta jamoat kutubxonasi, 4 ta kinoteatr va boshqa, "Paxtakor" stadioni, "JAR" sport majmui, „Sharq“, „Xadra“, „Yoshlar uyi“, „Sun Shine Tyron“ mehmonxonalari ishlab turibdi. Tuman hududida meʼmoriy yodgorliklaridan Koʻkaldosh madrasasi (XVI asr), Yunusxon (XV asr), Shayx Zayniddin bobo (XIII-XIV asrlar) maqbaralari saqlangan.
Loyihalari Mashhur binolari № Nomi Qurilish boshlanishi Qurilishning tugashi Binolar Hudud (m²) Izohlar1Gardens qarorgohi20182020989 5182Central Plaza20182021645 886 O‘zbekistondagi Park Inn by Radisson brendiga tegishli birinchi mehmonxona.3Hyper Partners Center20192021476 744O‘zbekistondagi eng yirik savdo markazi.4Nest One20192021214 779 O‘zbekistondagi eng baland turar-joy binosi5 Congress Hall, Hilton Hotel20182019288 138 „Hilton“ brendi ostidagi O‘zbekistondagi ilk mehmonxona.6 Moliya markazi20192021544 235 O‘zbekistondagi eng yirik moliya markazi7Boulevard Residence201820209116 7618Tashkent City Park20192019 —186 804 O‘zbekistondagi eng katta istirohat bog‘i hududi. O‘zbekistondagi eng katta favvora.9U-Tower20192023 -187,160 Ofislar, kvartiralar, jamoat joylari, restoranlar va hashamatli savdo galereyasi..
Yana qarang Jarariq dahasi
Manbalar