Assit (yunoncha askos — qorin) — qorin istisqosi, kattalashishi. Qorin boʻshligʻida tiniq rangsiz yoki och sariq suyuqlik yigʻilishi natijasida qorinda shish. Assitga yurak xastaliklari, jigar sirrozi, jigar umumiy kasalliklari, nafas yoʻllari va oʻpkaning surunkali kasalliklari, buyrak kasalliklari (nefroz va nefrit), qorin boʻshligʻi aʼzolari oʻsmalari, sil va boshqa kasalliklar sabab kelib chiqishi mumkin (yana qarang Istisqo)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil.

Belgilari Qorinda asosiy koʻrinadigan belgi shish hisoblanadi. Qorin yumshoq holatda, ichida suyuqlik bilinadi. Yuzaki venalar boʻrtgani yaqqol tashqi tomondan koʻrinadi.

Manbalar

Turkum:Kasalliklar