Britaniya imperiyasi () — odam yashaydigan barcha qitʼalarda koloniyalari mavjud boʻlgan insoniyat tarixidagi eng yirik davlatNiall Ferguson. Empire: The Rise and Demise of the British World Order and the Lessons for Global Power. XX asrning 30-yillariga kelib Britaniya imperiyasi yer sharining qariyb toʻrtdan birini, yaʼni 41,2 mln. km² (shundan 8 millioni aholi yashamaydigan yerlar) egallagan. Imperiyaning hech boʻlmagan bitta koloniyasida quyosh nur sochib turganligi sababli Britaniya imperiyasini „Quyosh botmaydigan imperiya“ deb atashgan. Imperiya aholisining soni esa 480 mln. kishiga, yaʼni oʻsha paytdagi yer shari aholisining chorak qismiga teng boʻlgan. Aynan Pax Britannica (Paks Britanika) natijasi sababli ingliz tili transport va savdo sohasidagi boshqa tillar orasida yetakchi til hisoblanadi.

Britaniya imperiyasi Buyuk Britaniya va unga qaram boʻlgan mustamlakalarni ifodalaydigan tushuncha boʻlib, u 1870-yillardan boshlab rasman qoʻllana boshladi. Britaniya imperiyasi tarkibiga Britaniya bilan birga hamma dominionlari va mustamlakalari — Irlandiya (XII asrlar), Shimoliy Amerika (Virginiya) (1607), Gollandiya va Shimoliy Amerikadagi boshqa hududlar (1652-54; 1665-67 va 1672-74), Portugaliya va uning mustamlakalari (XVII asr oʻrtalari), Ispaniya mustamlakalari, Kanada, Shimoliy Amerikaning qolgan qismi (1756—63), Bengaliya (1757), Malta, Seylon (1814—15), Hindiston, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika (XIX asr 1-yarmi), Syangan (Gonkong) oroli (XIX asr 2-yarmi), Kipr (1878), Birma (1885), Iroq, Falastin, Transiordaniya, Tanganika, Togo va Kamerunning bir qismi (1914—18) va boshqalar kirgan edi. XX asrda mustamlaka tizimining parchalanishi jarayonida Britaniya imperiyasi oʻrnida imperiyadan ajralib chiqqan mamlakatlar ittifoqi — Britaniya millatlar hamdoʻstligi tushunchasi paydo boʻldi (qarang Hamdoʻstlik)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Qisqacha Britaniya Imperiyasi ikki yuz yildan ortiqroq vaqt davomida oʻsdi. Davlat maydoni oʻsishining eng avji deb XX asrning boshlari tan olinadi. Oʻsha paytlarda uning barcha qitʼalarda yirik hududlarga egaligi uning haqiqiy buyukligini koʻrsatgan.

Hududlar egallanishi davri nisbatan tinch boʻlgan savdo va diplomatiya bilan boshlangan. Imperiya butun dunyoga britan texnologiyalari, savdo, ingliz tili va hukumat turi tarqalishiga sababchi boʻlgan. Imperiya hukmronligi imperiya iqtisodiyotining oʻsishi va Birlashgan Qirollikning koʻplab davlatlar siyosatiga taʼsir koʻrsatishida muhim rol oʻynagan. Koloniyalar tuzilishidan maʼlumki, Britaniya Imperiyasining taʼsiri ikki xil qiyofaga ega boʻlgan. Koloniyalarga Buyuk Britaniyaga mos boʻlgan ingliz tili, maʼmuriy va huquqiy qonunlar kiritilgan. Birlashgan Qirollikning dekolonizatsiyasi davomida sobiq koloniyalarga parlament demokratiyasi va oliy qonunlar olib kirilishga harakat qilingan, ammo, baʼzan bu amalga oshgan, baʼzan esa yoʻq. Koʻplab koloniyalar Britan davlatlari hamdoʻstligi ularga imperiya oʻrnini psixologik tarzda egallaydi deb hisoblashgan.

Britan koloniyalaridan asosan Birlashgan Qirollikning moddiy maqsadlari yoʻlida foydalanilgan. Britan fuqarolari koʻchib borgan koloniyalarda mustaqil iqtisodiyot uchun infratuzilma yaratilgan boʻlsa-da, Afrika va Osiyoning tropik hududlarida joylashgan koloniyalar ularga asosan xomashyo bazalari sifatida qaralganligi sababli cheklangan infratuzilmaga ega boʻlishgan. Hozirgi kunda koʻplab rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti xomashyo eksportiga qaram boʻlib qolgan.

Koloniyalardagi turli etnik guruhlar orasidagi muammolar boshqa davlatlarning koloniyaga asoslangan hukmronligidan saqlab turganligi britan koloniyaga oid qonunchiligining asosiy ustuni boʻlgan. Hozirgi kunda Shimoliy Irlandiya, Hindiston, Zimbabve, Sudan, Uganda, Iroq va boshqa davlatlardagi etnik muammolarning sababchisi „Boʻlib tashlab hukmronlik qil“ klassik prinsipi sanaladi. 1952-1957-yillarda Keniyada kichik qoʻzgʻolondan boshlanib, soʻng yirik qabilalarning qonli urushiga aylangan mau-maular qoʻzgʻoloni bunga oddiy misol boʻla oladi. Har bir qabila 18000dan 30000gacha odam yoʻqotgan bir vaqtda, jami 22ta oq halok boʻladi.

Yevropadagi mulklar (erta bosqich)

Orol-davlat hisoblanishiga qaramasdan oʻrta asrlarda Angliya qitʼadan kelgan koʻplab hujumlarga nishon boʻlgan, buning sababi esa unda XVI asrgacha harbiy dengiz flotining yoʻqligi edi. Angllar va sakslar Britan orollariga Germaniyadan kelishgan. Ularning harbiy otryadlarini bu yerga Rim imperiyasidan mustaqillikka erishib, oʻz qirolliklarini tuzgan mahalliy britan hukmdorlari chaqirishgan. 1066-yilda fransuz normannlari tomonidan yana bir Angliyaning egallanishi amalga oshirildi, shundan soʻng normannlar yetakchisi gersog Vilgelm I Istilochi yangi sulolaga asos solib, angl-sakslarning yerlarini fransuz baronlariga boʻlib berdi. Angl-sakslar va brittlarning yerlari bilan cheklanmagan Vilgelmning davomchilari 1282-yilda oʻz qirolliklariga Uelsni qoʻshib olishdi, 1169-yilda esa Irlandiyani kolonizatsiyalashni boshlashdiNicholas Canny:Origins of Empire|7|1. XVIII asrda Shotlandiya Angliyaga teng huquqli davlat sifatida qoʻshildi. Ingliz qirollari Yuz yillik urush davomida magʻlubiyatga uchrab Fransiyadagi hududlardan ayrilishlarigacha qitʼada Fransiyaning yarmiga egalik qilib, fransuz taxtiga daʼvogar boʻlishgan. Fransiyaning kuchayishi ingliz zodagonlari orasidagi boʻlinish paytiga toʻgʻri keldi. Buning natijasida Angliyada Qizil va Oq atirgul urushi roʻy berdi va Tyudorlar sulolasi asoschisi Genrix VII tomonidan yangi istiloga uchradi.

„Birinchi Britan Imperiyasi“ (1583—1783)

Amerikadagi birinchi koloniyalar thumb|upright|Jon Kabot Amerikaga qarab suzgan kemaning nusxasi Kolumbning muvaffaqiyatli kashfiyotlaridan soʻng, 1496-yilda qirol Genrix VII Jon Kabotni Osiyoga yangi savdo yoʻllarini topishga joʻnatadi. Xuddi Kolumbga oʻxshab, Kabot 1497-yilda Nyufaundlendga yetib uni Osiyo qirgʻogʻi deb oʻylaydi va bu xabar bilan oʻz yurtiga qaytadiKenneth Andrews:Trade, Plunder and Settlement|45|1. Afsuski, bir yildan keyingi sayohatdan uning kemasi qaytib kelmaydi.

Shu bilan Yangi Dunyoga inglizlarning sayohatlari ancha paytga toʻxtaydi. XVI asrda Angliyani reformatsiya zir titratadi, shu sababli ingliz-ispan munosabatlari keskinlashadi va bu oʻz navbatida Anglo-Ispan urushiga olib keladi. 1562-yilda britan hukumati janubiy dengizlarda qul sotish va qaroqchilik bilan omadli shugʻullanayotgan qaroqchilar Jon Hokins va Francis Drakega kaperlik patentini beradi. Natijada ularning dengizchilikdagi sanʼatlari britan harbiy dengiz flotini yaratishda xizmat qildi va ingliz tojiga xizmat qilgan koʻplab qaroqchilarga namuna boʻlib xizmat qildi. 1578-yilda Elizabeth I Gilbert Hemfriga shunday kaperlik patentini taqdim qildiKenneth Andrews:Trade, Plunder and Settlement|187|1}. Oʻsha yiliyoq Gilbert Shimoliy Amerikada koloniyalarga asos solish va qaroqchilik bilan shugʻullanish maqsadida Vest-Indiyaga yoʻl oladi, ammo, u Atlantikani kesib oʻtmasidanoq sayohat tugaydi. 1583-yilda Gilbert ikkinchi marta urinib, Nyufaundlend oroliga yetib borib, rasmiy ravishda oʻsha orol buhtasini ingliz buhtasi deb eʼlon qiladi. Angliyaga qaytishda u vafot etadi va uning ishini oʻz patentini 1584-yilda olgan ukasi Volter Reli davom ettiradi. Bir yildan soʻng Reli hozirgi Shimoliy Karolina qirgʻogʻida joylashgan Roanok koloniyasini tuzadi, ammo tajribasizlik, ovqat yetishmovchiligi va ispanlar harakati tufayli koloniya inqirozga yuz tutadiNicholas Canny:Origins of Empire|63—64|1. Kelajakda inglizlar yana bir necha bor Shimoliy Amerikada koloniya tuzishga harakat qilishadi. Ular hattoki Shimoliy Amerikaning Tinch okeani qirgʻogʻida (Francis Drakening yer shari boʻylab sayohati davomida) ham koloniya tuzishadi, lekin ularning barchasi halok boʻladi.

thumb|left|150px|Qirolicha Elizabeth I 1588-yilda „Yengilmas armada“ning magʻlubiyati tufayli Ispan imperiyasining qudrati sindirildi va u kelajakda Britaniya Imperiyasining ertasiga katta xavf tugʻdirmadi.

1603-yilda ingliz taxtiga Yakob I (Jacob I) oʻtirdi va kelasi yili Ispaniya bilan urush harakatlariga chek qoʻygan London kelishuvi (1604)ni imzoladi. Endi, asosiy raqib bilan tinchlik paytida inglizlarning asosiy eʼtiborlari dushman infratuzilmasiga hujum qilish oʻrniga, dengiz ortidagi oʻz koloniyalarini tuzishga qaratildi. Britaniya Imperiyasining tuzilishi nihoyat Shimoliy Amerika va Vest-Indiyada ingliz koloniyalari va Osiyo bilan savdo qilish uchun bir necha kompaniyalarining tuzilishidan (shu jumladan, 1600-yilda tuzilgan Ost Indiya kompaniyasidan soʻng amalga oshdi. Shu paytdan to Amerikadagi mustaqillik urushida Oʻn uch koloniyaning yoʻqotilishiga qadar, yaʼni, XVIII asr oxiriga qadar mavjud boʻlgan imperiyani „Birinchi Britaniya Imperiyasi“ deb atashadiNicholas Canny:Origins of Empire|34|1.

Amerika, Afrika va qul savdosi Britan Vest-Indiyasi boshida eng muhim va eng foydali ingliz koloniyalaridan iborat boʻlgan. Lekin ular eng muhim koloniyalarga aylanishdan oldin bir necha bor inqirozga uchrashgan. Masalan, inglizlar ispanlarga oʻxshab oʻz koloniyalarida oltin topishga harakat qilishganligi sababli Britan Gayanasida koloniya tuzishga 1606-yilga qadar ikki yil davomida harakat qilishgan. Sent-Lyusiya (1605) va Grenadadagi (1609) koloniyalar tezda yoʻqolib ketishdi, lekin, Sent-Kits (1624), Barbados (1627) va Nevisdagi (1628) koloniyalar muvaffaqiyatli boʻlishgan. Buning sababi esa portugallar Braziliyada omadli tarzda foydalanayotgan shakarqamish oʻstirishdan inglizlar ham foydalanishganligi hisoblanadi. Koloniyalarga golland qulfurushlari sotadigan qullar mehnati zarur edi va inglizlar shu qullardan foydalanishardi. Oʻz navbatida gollandlar esa koloniyalarda ishlab chiqarilgan shakarni olib Yevropada olibsotarlik qilishgan. Bu savdodan qolayotgan katta foydani faqat inglizlar qoʻlida qolishini kafolatlash uchun Ingliz Parlamenti 1651-yilda ingliz koloniyalarida faqat ingliz kemalari savdo qilishi mumkinligini belgilaydigan Navigatsion aktni qabul qiladi. Bu esa Birlashgan Provinsiyalar Respublikasi bilan muammolarning keskinlashuviga, urush sababli inglizlarning Amerikadagi oʻrinlari mustahkamlanishiga olib kelgan bir necha Anglo-golland urushlariga sabab boʻldi. 1665-yilda Angliya Ispaniyaga tegishli boʻlgan Yamayka orolini egalladi, 1666-yilda esa Bagam orollarini muvaffaqiyatli ravishda kolonizatsiyaladiTrevor Owen Lloyd:The British Empire 1558-1995|33|1.

thumb|left|1750-yilda Shimoliy Amerikadagi Britan koloniyalari. 1: Nyufaundlend; 2: New Scottia; 3: Oʻn uch koloniya; 4: Bermud orollari; 5: Bagam orollari; 6: Britan Gondurasi; 7: Yamayka; 8: Kichik Antil orollari

Amerika qitʼasidagi birinchi doimiy britan koloniyasi 1607-yilda Jamestownda tuzildi. U 1609-yilda Bermud orollarida ham shunaqa koloniya tuzgan shaxsiy Virginia Company tomonidan boshqarilardi. 1624-yilda kompaniya huquqlari muddati tugadi deb eʼlon qilinib, hukumat koloniyani boshqarishni oʻz zimmasiga oldi, shunday qilib, Virginia koloniyasiga asos solindi. Bu yerda shakar yetishtirilmasligiga qaramasdan, mahalliy koloniyachilar tamaki va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish orqali omadga erishdilar. 1610-yilda shunga oʻxshash kompaniya (London va Bristol Kompaniyasi) Nyufaundlend orolida koloniya tuzish maqsadida ochildi, ammo bu gʻoya muvaffaqiyatga erishmadi. 1620-yil Plimutda diniy kamchilik boʻlgan Puritanlar tomonidan koloniya tuziladi. Bunga yana katoliklar tomonidan tuzilgan Merilend (1634), kontregatsionalistlar tomonidan tuzilgan Konnektikut (1639) kabilarni misol keltirish mumkin, Rod-Aylend (1636) esa diniy bagʻrikenglik eʼlon qilingan Amerikadagi birinchi koloniya boʻldi. 1663-yilda Karolina tuzildi. 1664-yilda Angliya Ikkinchi anglo-golland urushi natijasida Surinamni Yangi Amsterdamga (keyinchalik nomi Nyu Yorkga oʻzgartirilgan) almashtiradi. 1681-yilda William Penn Pennsylvania koloniyasiga asos soladi.