Balalayka – uch torli, hamma torlari baravar chertib chalinadigan rus xalq musiqa asbobi.

Tarixi XVIII asr boshida paydo boʻlib, rus xalqi orasida keng yoyilgan. Balalaykadan yakkanavozlik va ansambllarda, qoʻshiq hamda raqslarga joʻrnavozliqda foydalaniladi.

Turlari XIX asr oxiridarus musiqachisi, mohir balalaykachi Vasily Andreev hamkorligida soz ustalari F. Paserbskiy va N. Nalimovlar xalq balalaykasini qayta ishlab, katta-kichik turlarini yaratgan. Mazkur sozlar guruhi asosida rus xalq cholgʻu asboblari orkestri tashkil etilgan.

Balalayka-prima

Balalayka-sekunda Vasily Andreev tomonidan qayta ishlangan balalaykaning bir turi. Kichik oktavadagi lya va birinchi oktavadagi re notalariga sozlanadi. Ovoz hajmi kichik oktavadagi lya notasidan, ikkinchi oktavadagi lya notasigacha boʻladi va nota yozuvida skripka kalitida yoziladi.

Balalayka-alt Balalaykaning bir turi boʻlib, notalar yozilishiga koʻra oktava pastda eshitiladi. Sozlanishi kichik oktavadagi mi notasidan ikkinchi oktavadagi re notasigacha boʻladi. Notalar skripka kalitida oktava yuqorida yoziladi. Ijroda paytida koʻproq pastki tovushlari bilan qatnashadi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Musiqa asboblari