Baluj tili — Baluj (balach, baluch) xalqi tili. 5,7 millionga yaqin kishi soʻzlashadi. Ular Pokiston (2 millionga yaqin), Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Oʻrta Osiyoda - Mari (Turkmanistan), Koʻlob (Tojikiston)da yashaydi. Baluj tili Eron tillari shimoliy-gʻarbiy turkumiga mansub. Tarkibida 5 ta (gʻarbiy, sharqiy) shevalar guruhi bor. Baluj tilida sirgʻaluvchi, qoʻshaloq, serebral unli tovushlar mavjud. Hozirgi fleksiyaning buzilishi va analitik qurilish yuz bermoqda. Baluj tilida 4 kelishik, 2 nisbat, 4 mayl, 10 ga yaqin zamon boʻlib, baʼzi shevalarida ergativ tuzilish bor. Jins kategoriyasi yoʻq. Lugʻat tarkibida Forscha, Urdu, Arabcha, Turkcha soʻzlar mavjud"" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Tillar