Banisueyf (arab. Banisuvayf) — Misrdagi shahar. Bani Suvayf muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 174 ming kishi (1991). Nilning chap sohilidagi port. Banisueyf va avtomobil yoʻllari tuguni. Banisueyf rnining (paxta, shakarqamish, donli ekinlar, xurmo) savdo markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, paxta tozalash, ip-yigiruv, yogʻ-moy sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Misr shaharlari Turkum:Bani Suvayf muhofazasi