Barguzin tizmasi - Sharqiy Sibir (Buryatiya)dagi togʻ tizmasi. Baykal koʻlining shim.-sharqiy sohilida. Granit, gneys kabi jinslardan iborat. Uzunligi 280 km. Oʻrtacha balandligi 2000 m, eng baland joyi — 2840 m. Yon bagʻirlari tayga oʻrmonlari, yuqori qismi subalp va alp oʻtloqlari va soʻngra togʻ tundrasi bilan qoplangan. Barguzin tizmasi yon bagʻrida Barguzin qoʻriqxonasi, mineral buloqlar bor.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Togʻlar