Boldirqora (Adiantum capillus-veneris L.) — qirqquloqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Togʻlardagi gʻorlarda, qoyalarning soya va sernam yoriqlarida, buloq yoqasida o'sadi. Boldirqoraning poya va barglaridan tayyorlanadigan kukun va ekstrakt safro va siydik haydovchi, balgʻam koʻchiruvchi, koʻkrak ogʻriqlari va nafas qisishini bosuvchi dori sifatida ishlatiladi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Uy o‘simliklari Turkum:Yevropa bog‘ o‘simliklari Turkum:Osiyo bog‘ o‘simliklari Turkum:Dorivor oʻsimliklar Turkum:Shimoliy Amerika florasi Turkum:Afrika o‘simliklari