Bogʻi avars, Bavars — Badaxshondagi oʻrta asr kalʼalaridan biri. Taliqon bilan Badaxshon shahri oraligʻida joylashgan. Mahalliy rivoyatlarga koʻra, B. A. goʻzal va obod boʻlgan, qalʼaning aylana devori 2,5 farsahni tashkil etgan. B. A. qalʼasi XIII asrda Chigʻashoyxon davrida buzilib, bir necha asrdan soʻng XVII asrda qayta tiklangan. Bu yerdagi bir buloq suvidan vinoning taʼmi kelib turgan. Yaʼkubiy (IX asr) asarida Bavars shahri tarzida uchrab, u Balxga mansub, jome masjidi bor shaharlar qatorida qayd etib oʻtilgan."" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar