Bugi tili — bugilar tili. Sulavesi orolning jan.gʻarbida, bundan tashqari Indoneziyaning asosan bugilar istiqomat qiladigan boshqa hududlarida tarqalgan. Bugi tili da soʻzlovchilar umumiy soni taxminan 5 mln.ga yaqin. Bugi tili makkasara tili va Sulavesi orol markaziy qismidagi dialektlar bilan indonez tillari guruhiga kiradi. XVII asrgacha boʻlgan Bugi tili dagi yozuv yodgorliklari maʼlum emas. Hozirgi yozuvi lotin alifbosida.

Bugi tili dagi adabiyot XVII—XIX asrlarda Indoneziyadagi eng boy adabiyot hisoblanadi. Shu davrlarda bu tilda koʻpgina doston (mas, "La Taligo" va boshqalar), tarixiy hikoyalar va poemalar, knyazliklar tarixi, huquqiy, liniy asarlar yuzaga kelgan. Xalq ogʻzaki ijodi ham rangbarang. Bugi tili kam oʻrganilgan. Asosiy tadqiqot ishlari XIX asr 60—80- yillarida olib borilgan, asosan, gollandiyalik muhojir B. F. Mattesu tomonidan oʻrganilgan."" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Tillar