Buynaksk (1922-yilgacha Temirxon Shoʻra) — Rossiya Federatsiyasi Dogʻiston Respublikasining markaziy qismidagi shahar. Katta Kavkaz togʻining shimoliy etaklarida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 69 ming kishi (2024). Buynakskda oziq-ovqat sanoati korxonalari, koʻn poyabzal kombinati, trikotaj fabrikasi, agregat va shina remonti zavodlari, drama teatri bor. Buynakskda Shimoliy Kavkazdagi eng yirik mayejid va madrasalar joylashgan. XIX asr boshlarida Rossiya Dogʻistonni bosib olgach, Buynakskga 1834-yil qalʼa sifatida asos solgan."" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Dogʻiston shaharlari