Bulbulzorsoy — Samarqand viloyatidagi soy, Omonqoʻtonsoyning oʻng irmogʻi. Taxtaqoracha dovonining sharqidan, 1300 m balandlikdan boshlanadi. Uzunligi 7 km, suv sarfi 50—70 l/sek. Bulbulzorsoy, asosan, buloq suvlari, qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Bulbulzorsoy havzasida akatsiya, qaragʻay daraxtlari oʻsadi, bodomzor, oʻrikzor, yongʻoqzorlar bor. Bulbulzorsoy vodiysida bulbul, yovvoyi kaptar, kaklik koʻp."" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Samarqand viloyati Turkum:Oʻzbekistondagi daryolar