Ubaydulla Burhonovich Burhonov (1921-yil, 3-fevral Toshkent; 1998.19.2) — aktyor, rejissyor, badiiy soʻz ustasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977). Shukur Burhonovnknt ukasi. Oʻrta Osiyo davlat universitetni tugatgan (1946). Oʻzbekiston radioeshittirish davlat qoʻmitasi adabiydramatik eshittirishlar muharriri, rejissyor, bosh muharrir, badiiymusiqali eshittirishlar boshqarmasining boshligʻi (1948—58), Toshkent telestudiyasining bosh muharriri (1958—1967), Uzteleradio kompaniyasi raisining oʻrinbosari (1967—1985). Koʻplab radiopostanovkalar („Qutlugʻ qon“, „Zaynab va Omon“ va boshqalar)ning inssenirovka muallifi. Ssenariychi va rejissyor sifatida „Laylo Sharipova kuylaydi“, „Oʻzbek sirki arenasida“ kabi televizion filmlar yaratgan. Kinoda Rustamov („Gullar ochilganda“), Dehqonboy („Qutlugʻ qon“) va boshqa rollarni oʻynagan. Badiiy soʻz ustasi sifatida „Egmont“, „Hakim va ajal“ kabi asarlarni ijro etganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari Turkum:1921-yilda tugʻilganlar Turkum:2-martda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1998-yilda vafot etganlar Turkum:19-fevralda vafot etganlar