Vohid Abdullayevich Abdullayev (1912-yil 15-may, Samarqand, Samarqand viloyati, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi – 1985-yil 30-iyul, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) – taniqli oʻzbek olimi, adabiyotshunos, navoiyshunos, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973), filologiya fanlari doktori (1959), professor (1960).

Tarjimayi holi Vohid Abdullayev 1912-yil 15-mayda Samarqand shahrida dehqon oilasida tavallud topgan.

1932-yil Fargʻona pedagogika institutini bitirgan. Abdullayev 1935—1943-yillarda Buxoro va Samarqand pedagogika institutlarining, 1944—1969-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand universiteti oʻzbek adabiyoti kafedrasining mudiri, 1963-yildan shu universitet rektori. 1930-yildan sheʼrlar, ilmiy maqolalar yoza boshlagan. „Samarqand sayli“ (1970) sheʼriy kitobi nashr etilgan. „Navoiy Samarqandda“ (1948), „Nishotiy va uning „Husni Dil“ dostoni“, „Xoksor va uning „Muntaxab ul-lugʻot“ kitobi“ (1955), „Nishotiy va Xoksor“ (1960), „Oʻzbek adabiyoti tarixi“ (1964), „Saylanma“ (1982) kabi kitoblari oʻzbek adabiyoti va adabiyotshunosligi masalalariga bagʻishlangan. Abdullayevning oliy oʻquv yurtlari uchun „Oʻzbek adabiyoti tarixi“ darsligida XVII-XVIII asrlardagi oʻzbek adabiyoti tarixi tadqiq etilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston adabiyotshunoslari Turkum:Filologiya fanlari doktorlari Turkum:Fargʻona davlat universiteti bitiruvchilari Turkum:Samarqand davlat universiteti oʻqituvchilari Turkum:Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi akademiklari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 6-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 7-chaqiriq deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar