Abulfazl maqbarasi, Saraxs bobo maqbarasi -meʼmoriy yodgorlik (XI asr). Hozirgi Turkmaniston hududida. Din arbobi Abulfazl (1023-yil vafot etgan) qabri ustida qurilgan. Murabba tarhli bino (10,20×10,20 m). Qalin devorining yuqori – toʻrt tomonida ham ravoqli darchalar bor. Qoʻsh gumbazli, gumbaz doirasimon asos ustiga oʻrnatilgan. Ichkarisining dastlabki shakli saqlanmagan. XV asrda taʼmir etilganda qisman oʻzgargan (ganch suvoq qilingan, muqarnaslar bilan bezatilgan). Hozir bino ancha shikastlangan holda, ravoqlarining tashqi devorlari yemirilgan, peshtoq tepasi nurab tushgan. Manbalar
Turkum:Turkmaniston meʼmoriy yodgorliklari