Avstraliya-Osiyo oʻrta dengizi – Tinch okeanning gʻarbiy tropik qismida, Osiyo va Avstraliya oʻrtasidagi orollar oraligʻida joylashgan bir necha dengizning umumiy nomi. Umumiy maydoni 8 mln. km² ga yaqin. Eng yirik dengizlari: Janubiy Xitoy dengizi, Yava dengizi, Sulavesi, Sulu, Molukka dengizlari va boshqalar.

Manbalar

Turkum:Dengizlar