Islom Maybosovich Alibekov (1945-yil, 15-aprel. XXR Sin’szyan-Uygʻur muxtor tumani, Chugunchaq shahri) — teatr rassomi, Qoraqalpogʻiston xalq rassomi (1987). Olmaota badiiy bilim yurtida taʼlim olgan (1962—1969). Olmaotadagi Respublika yosh tomoshabinlar teatrida rassom (1969—1972); 1972-yildan Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatrida bosh rassom. Alibekovning qoraqalpoq teatrlari uchun yaratgan sahna bezaklari asar ruhi va rejissor gʻoyasiga monandligi bilan ajralib turadi. Alibekovning, shuningdek rangtasvir („Q. Soipov portreti“, 1973-yil; „Uchrashuv“, 1977-yil va boshqalar), haykaltaroshlik („Baxt“, „Ertak“ — ikkalasi ham shamot, 1980-yil va boshqalar) asarlari bor. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1984).
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:1945-yilda tugʻilganlar Turkum:15-aprelda tugʻilganlar
Turkum:1962-yilda tugʻilganlar Turkum:1969-yilda vafot etganlar