Rahmatulla Alimovich Alimov (1902.25.11 — Toshkent — 1987.2.1) — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1943), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigator (1950), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1972). Moskva suv xoʻjaligi injenerlari institutini tugatgan (1930). Suv xoʻjalik qurilishi obyektlarida injener (1930-39), Oʻzbekiston SSR Yengil sanoat (1939- 40) va Oʻzbekiston SSR suv xoʻjaligi (1941-43) xalq komissari, „Farhod-qurilish“ boshligʻi, „Gidroproyekt“ institutining 327-Oʻrta Osiyo boʻlimi rahbari (1943-50). Oʻzbekiston SSR Suv xoʻjaligi vaziri (1951-56), Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Suv muammolari va gidrotexnika instituti direktori (1956-63), Oʻrta Osiyo irrigatsiya institutida boʻlim mudiri (1964-80), guruh rahbari (1981-yildan). Alimov ilmiy ishlari suv resurslaridan irrigatsiya va energetika maqsadlarida foydalanish usullarini yaratish va kompleks maqsadlardagi gidroinshootlar parametralarini aniqlashga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (1973).
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar Nekrolog
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigatorlar Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzoslari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 3-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar