Allegro ( — jonli, quvnoq, xushchaqchaq) — musiqada: 1) tez musiqa sur’ati koʻrsatkichi;
2) shu sur’atda ijro etiladigan musiqa asari yoki uning qismi. Odatda sonata, kvartet, simfoniya va boshqalarning birinchi (baʼzan, toʻrt va boshqalar) qismi. Sonata allergosi — sonata-simfonik turkumi bosh (birinchi) yoki soʻnggi qismining mumtoz tuzilmasi (qarang Sonata shakli).
Oʻzbekiston kompozitorlari asarlarida keng ishlatiladi. Masalan, Ik. Akbarovning „Shoir xotirasiga“ poemasi, R. Hamroyevning 1-simfoniyasi (1-qism), „Maftuningman“ kinofil-mida Sharif qoʻshigʻi (M. Burhonov) va boshqa;
3) jadal ijro etiladigan mashqlardan tuzilgan mumtoz raks mashgʻulotining bir qismi. Turli aylanishlar va sakrash malakasini takomillashtirishga yordam beradi;
4) Yevropada sakrama va oyoq uchida yurish harakatlariga asoslangan mumtoz raqs. Barcha joʻshqin raqslar Allergo sur’atida yaratiladi.
Manbalar