„Aloqabank“ — Oʻzbekistondagi aksiyadorlik tijorat banki. 1994-yil 12-oktabrda roʻyxatdan oʻtgan. Toshkent shahrida joylashgan. Qoraqalpogʻiston (Nukus shahri) va Xorazm (Urganch shahri) filiallari bor. Respublikada asosan aloqa tarmogʻini qayta qurish va rivojlantirishga oid davlat dasturlarida ishtirok etadi. Fan-texnika yutuqlarini rivojlantirishga koʻmaklashadi. Davlat byudjeti kassa ijrosiga doir hisob-kitoblarni moliyalashtiradi, hamda mijozlarga turli bank xizmatlarini koʻrsatadi. Aksiyadorlik kapitali summasi (mln soʻm, 1997-yil 1-yanvar holatiga koʻra) 42,3, zaxira kapitali 10,5, berilgan kreditlar 136,9, koʻrilgan yillik foyda 67,8, jami aktivlari 724,1OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Yutuqlari 2021-yilda Global Banking & Finance Awards 2021 jahonning yetakchi moliya tashkilotlari reytingini eʼlon qildi. Reytingda Aloqabank Oʻzbekistondagi eng yaxshi korporativ bank sifatida qayd etilgan.

Rasmiy ilovasi Bankning rasmiy ilovasi — Zoomrad hisoblanib, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilganhttps://depozit.uz/partners/banks/aloqa-bank.

Ilova yordamida mobil aloqa, internet, kommunal xizmatlar va koʻplab boshqa xizmatlar uchun toʻlov amalga oshirish mumkin. Shuningdek, bank kartalari oʻrtasida pul oʻtkazmalari ham yoʻlga qoʻyilgan. Toʻlovlar va oʻtkazmalar uchun ilovada keshbek berilishi koʻzda tutilgan. Keshbek sanoqli bank ilovalaridagina taqdim qilinadihttps://depozit.uz/news/zoomrad-monitoring-xizmati-bepul-ilova.

Manbalar

Havolalar Rasmiy sahifa:https://bank.uz/uz/org/aloqabank

Turkum:Toshkentdagi kompaniyalar Turkum:Oʻzbekiston banklari Turkum:1994-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:Toshkent fond birjasidagi aksiyalarga ega kompaniyalar