Amul — Chorjoʻy shahrining tarixiy adabiyotlarda XV asr oxirigacha boʻlgan nomi. Amul nomining kelib chiqishi nomaʼlum. „Amu“ atamasi Chorjoʻy yaqinidan oqib oʻtadigan daryo — Amudaryoda saqlanib qolgan. Mozandarondagi eng qadimgi shaharlardan biri ham Amul deb atalgan. Ularni farqlash uchun oʻsha davrlarda Amulni „Amuli Sohil“, „Amuli Jayxun“, „Amuli Zamm“, „Choʻl Amuli“ deyilgan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlari Turkum:Turkmaniston shaharlari