Andijon avtomobil oʻrindiqlari zavodi, Oʻz Tong Xong — Oʻzbekiston-Koreya qoʻshma korxonasi. 1997-yilda ishga tushirilgan. Andijon shahrida joylashgan. Asaka avtomobil zavodining turli markadagi yengil avtomobillari uchun oʻrindiqlar ishlab chiqaradi. Korxona muassislari „Oʻzavtosanoat“ uyushmasi va Koreya Respublikasidagi „Tong Xong elektrik LTD“ kompaniyasi. Yillik loyiha quvvati 700 ming oʻrindiq.

Yana qarang

BYD Uzbekistan Factory

Adabiyotlar

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Avtomobil