Apparel ( — kirish yoʻli) — 1) qiya tushgan yoʻl (harbiy muhandislikda). Toʻp-zambaraklar, tanklar va boshqa harbiy texnika joylashgan okoplarda ham apparel keng qoʻllanadi. Qal’alarda apparel toʻplarni tepalikka chiqarish uchun ishlatiladi; 2) temir yoʻl platformalarida tank, avtomashina, traktor, raketa qurilmalari kabi jangovar texnikani ortish yoki tushirish uchun ishlatiladigan kiya koʻtarma; 3) binoning koʻtarilgan qismlariga oʻtish uchun moʻljallangan qurilma.
Yana qarang
Pandus
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil