Assa (yuqori oqimida — Ters) (, Asa) — Qozogʻiston Respublikasining Jambul viloyatidagi daryo. Uzunligi 253 km, havzasining maydoni 9210 km². Qoratov tizmasidan boshlanib, Talas daryosidan gʻarbroqda Moʻyinqumga singib ketadi. Qor, muzlik, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi togʻdan chiqaverishda 12 m/sek. Suvi sugʻorishga sarflanadi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Qirgʻizistondagi daryolar Turkum:Qozogʻistondagi daryolar