Islom Ashurmatov (1943-yil, 12-iyun – Gʻallaorol tumani – 1997-yil, 4-aprel) – Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1996). Samarqand Davlat Universitetining fizika fakultetini tugatgan (1968). 1968–73 yillarda Gʻallaorol tumanidagi 25-maktabda, 1990-yildan 44-maktabda fizika oʻqituvchisi, 1973–90 yillarda 26-, 44-maktabda direktor. Ashurmatov pedagogik faoliyati davomida texnika vositalari va koʻrgazmali qurollar yordamida daryo oʻtishga alohida e’tibor bergan. U oʻquvchilar bilan birgalikda 900 ga yaqin koʻrgazmali qurol tayyorlagan. Ashurmatov maktabdagi fizika xonasini talab darajasida jihozlab, tumandagi namunali fan xonasiga aylantirdi. Ashurmatov birinchilardan boʻlib test usulini qoʻllagan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:1943-yilda tugʻilganlar Turkum:6-dekabrda tugʻilganlar Turkum:1997-yilda vafot etganlar Turkum:4-aprelda vafot etganlar