Ayagoʻz — Qozogʻiston Respublikasi Sharqiy Qozogʻiston viloyatidagi shahar (1939-yildan). Ayagʻuz daryosi boʻyida. Ayagʻuz (shahar) stansiyasi. Aholisi 41,8 ming kishi (1999). Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat tarmoqlari (goʻsht kombinati, jun gazlama toʻquv fabrikasi) va transportga xizmat qiluvchi korxonalar (avtomobil tuzatish zavodi, teplovoz va vagon depolari), temir-beton buyumlari zavodi bor. Ayagoʻz 1931-yilda Turksib temir yoʻl qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Qozogʻiston shaharlari Turkum:Ayagoʻz tumani aholi punktlari