Tursun Ahmedov (1917-yil, 11-iyul, Toshkent — 1983.16.9) — naqqosh, kulol, ganj oʻymakori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1974). Toshkent badiiy oʻquv ishlab chiqarish kursida tahsil koʻrgan (1935–38). Navoiy teatrini taʼmirlashda qatnashgan. 1969–78-yillar Toshkentda qurilgan koʻpgina yangi inshootlar (jumladan, hozirgi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi binosi)ni bezashda faol ishtirok etgan. Toshkent uslubida naqshlagan mebellari, islomiy naqshlar bilan bezagan laganlari va boshqa asarlari bilan xalqaro va respublika koʻrgazmalarida ishtirok etgan. Asarlari Oʻzbekiston sanʼat muzeyi („Namoyon“, 1958, yogʻoch, tempera) va Amaliy sanʼat muzeyida (mas, 8 qirrali kursi) saqlanadi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:1917-yilda tugʻilganlar Turkum:1983-yilda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:16-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:11-iyulda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari