Gazli — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyati Romitan tumanidagi shahar (1977-yildan). Qizilqum choʻlida joylashgan. Buxoro shahridan 106 km shimoli-gʻarbda. Ahrlisi 8,2 ming kishi (2001). Gazli yirik gaz konlarining topilishi (1956) natijasida vujudga kelgan. 1960-yillarda Gazlidan Ural (Yekaterinburg , 2100 km)ga, Rossiya Yevropa qismining markaziga, Toshkentga gaz quvurlari oʻtkazilgan. Gazlida gaz va neft konlarini qidiruvchi "Buxoroneftgaz" birlashmasi, oʻrta maktab, kinoteatr, madaniy-maishiy xizmat tarmoqdari bor. Gazli Buxoro — Urganch avtomagistrali yoqasida."" OʻzME. G-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Buxoro viloyati shaharlari Turkum:Romitan tumani aholi punktlari