Gallat kislota, C6H2(OH)3COOH - 3,4,5-trioksibenzoat kislota, yorugʻlik taʼsirida qorayadigan rangsiz kristall modda. Mol. m. 170,11; suyuqlanish temperaturasi 220° (beqaror modifikatsiya), 240° (barqaror modifikatsiya, ajralish bilan). Spirtda, qaynoq suvda yaxshi, sovuq suvda, efirda oz eriydi; uch valentli temir tuzlari bilan reaksiyaga kirishib, koʻk-qora tusga kiradi. Choy, dub poʻstlogʻi va b. oshlovchi moddali oʻsimliklar tarkibida bor. Tanninlarni fermentlar yordamida parchalab olinadi. Boʻyoq, pirogallol, dori, qora siyoh i.ch.da qoʻllanadi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Kislotalar