Gradus toʻri (Yerning gradus toʻri) — geografik xarita va globuslarda meridianlar va parallellarning kesishishidan hosil boʻlgan toʻr. Yer yuzasidagi geografik koordinatalar — uzunliklar va kengliklarni aniqlashga yoki xaritaga koordinatalar boʻyicha obʼyektlarni tushirishga xizmat qiladi. Muayyan meridianning barcha nuqtalari bir uzunlikka, parallelning hamma nuqtalari esa bir xil kenglikka ega boʻladi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil