Goʻrgon — Kaspiy dengizidagi qoʻltiq, Eron sohillarida. Quruqlik ichkarisiga qariyb 60 km kirib borgan. Kengligi 11 km, chuq. 4 m gacha. Dengizga Goʻrgon boʻgʻozi orqali tutashgan. Qirgʻoqlari past, botqoqlashgan. Sohilida Goʻrgon, Bandar-Turkman va boshqa shaharlar joylashgan. Baliq ovlanadi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Eron geografiyasiga oid chala maqolalar Turkum:Qoʻltiqlar Turkum:Gidrologiyaga doir chala maqolalar