DAM Xenrik (Henrik) Karl Peter (1895.21.2 - 1976.24.4) - daniyalik biokimyogar. Daniya fanlar Qirollik jamiyati aʼzosi (1948-yildan). Kopengagen politexnika instituti professor (1941). Asosiy ishlari sterinlar, K va Ye vitaminlari biokimyosi, shuningdek, yogʻlarga oid. Joʻjalarda xolesterin metabolizmini oʻrgana turib, K vitaminni va qon ivishida bu vitamin rolini aniklagan (1929). Uni ajratib olish va tozalash usullarini ishlab chiqqan (1928—30), shuningdek, tibbiyot amaliyotida qoʻllanish yoʻllarini koʻrsatib bergan. Nobel mukofoti laureati (1943)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

.

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:1895-yilda tugʻilganlar Turkum:21-fevralda tugʻilganlar Turkum:1976-yilda vafot etganlar Turkum:24-aprelda vafot etganlar