Demilitarizatsiya (de... va lotincha militaris — harbiy) — xalqaro huquqda biror xalqaro shartnomaga binoan muayyan hududdagi harbiy istehkomlar va inshootlarni yoʻqotish hamda shu hududda harbiy bazalar va qurolli kuchlar saqlashni taqiqlash. Toʻla D. (Antarktida, Aland arxipelagi, os-mon jismlari, shu jumladan Oy va b.) va qisman D. (mas, yadrosiz zonalar tashkil etish) farqqilinadi. "D." atamasi baʼzida birmuncha keng maʼnoda ishlatiladi (mas, iqtisodiyotni D.lash).

Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil