Diplomatik vakillik - davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni boshqaradigan elchixona yoki missiya. Elchi boshqaradigan diplomatik vakillik — elchixona, vakil yoki doimiy ishlar vakili boshqaradigan diplomatik vakillik — missiya deb ataladi. Diplomatik vakillik XVI—XVIII asrlarda Yevropada vujudga kelgan. Diplomatik vakillik elchi ayirboshlagan davlatda oʻz davlati nomidan muzokaralar olib boradi, vakillik joylashgan davlatning hayoti toʻgʻrisida bundagi vakolatxona (elchixona, missiya)lar haqidagi qonun yoʻl qoʻygan doirada maʼlumotlar toʻplaydi, har ikkala davlat oʻrtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy-texnikaviy aloqalarning rivojlanishiga yordamlashadi, oʻz davlati hamda fuqarolarining huquq hamda manfaatlarini qoʻriqlaydi. Diplomatik vakillik faoliyatiga raqbarlik qiladigan elchi diplomatik imtiyoz va immunitetga ega. Diplomatik vakillikning huquqiy mavqei Diplomatik munosabatlar toʻgʻrisidagi 1961-yildagi Vena konvensiyasi, ikki tomonlama bitimlar, shuningdek, Diplomatik vakillik joylashgan davlat ichki qonunlari bilan belgilanadi. Xalqaro tashkilotlar huzuridagi (jumladan, kuzatuvchilar missiyasidagi) vakilliklar ham diplomatik vakillikning bir turi boʻlib, uning huquqiy mavqei davlatlarning universal tusdagi xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlari boʻyicha vakilligi toʻgʻrisidagi 1975-yildagi Vena konvensiyasida belgilab berilgan.

Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Huquq Turkum:Huquqiy atamalar Turkum:Huquqshunoslik Turkum:Huquqshunoslikka oid chala maqolalar Turkum:Siyosat Turkum:Siyosatchilar Turkum:Siyosatshunoslik Turkum:Siyosiy tushunchalar Turkum:Siyosiy harakatlar Turkum:Siyosiy tizimlar Turkum:Davlat Turkum:Davlat apparati Turkum:Davlat boshqaruvi Turkum:Davlatlarga koʻra tashqi siyosat Turkum:Davlat xavfsizligi Turkum:Tashqi siyosat Turkum:Diplomatiya Turkum:Diplomatik hodisalar