William James (talaffuzi: Uilyam Jems) (1842.11.1, Nyu-York— 1910.26.8, Chokorua, NyuXempshir) – amerikalik faylasuf va psixolog. Garvard universiteti professor (1872— 1907). Materializmga qarshi „radikal empirizm“ namoyandasi va pragmatizm asoschisi. James erkin ijodiy shaxs hamda voqealikning koʻp shaklliligi (qarang Plyuralizm) gʻoyalarini ilgari surdi. Psixologiyada assotsiativ nazariya (qarang Assotsiatsiya)ga qarshi boʻldi. Asosiy asarlari: „Psixologiyaning ilmiy asoslari“ (1890), „Pragmatizm“ (1902), „Koinot plyuralistik nuqtai nazardan“ (1909), „Diniy tajribaning xilma-xilligi“ (1902)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Faylasuflar Turkum:Faylasuflar haqidagi chala maqolalar