Yevgeniy Ivanovich Zamyatin [1884.20.1 (1.2), Tambov gubernyasi (hoz. Lipetskiy viloyati) Lebedyani sh. — 1937-yil, 3-oktyabr, Parij] — rus yozuvchisi. Peterburgdagi Politexnika institutining kemasozlik boʻlimini tamomlagan (1908). Yevgeniy Ivanovich Zamyatin adabiy faoliyatini erta boshlagan boʻlsada, "Uyezdnoy" (1913) qissasi chop etilgandan keyin haqiqiy yozuvchi sifatida tanildi. "Ajdar", "Fop", "Iks", "Gunohkorlar hamrohi", "Mamay" va b. asarlarida 1917-yil oktyabr davlat toʻntarishidan keyingi shafqatsiz hayotni ayovsiz fosh etadi. "Biz" fantastik romanida (1924) "inqilob beshigi"da roʻy berayotgan zoʻrovonlik, xoʻrlik, huquqsizlik mahorat bilan koʻrsatib berilgan. Shu bois bu romani chet elda (1931) bosilib chikali. Yevgeniy Ivanovich Zamyatin 20-yillarning oxirlarida "Attila" nomli tarixiy tragediya yozadi. Unda gunnlarkshnt podshohi Attilaning shoh va inson sifatidagi fojiasi bayon qilingan. Bu asarni yozish jarayonida toʻplagan tarixiy hujjatlar asosida "Tangri qamchisi" romanini yaratadi. Roman oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1998)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Rossiyalik yozuvchilar Turkum:1884-yilda tugʻilganlar Turkum:1937-yilda vafot etganlar Turkum:10-martda vafot etganlar Turkum:1-fevralda tugʻilganlar Turkum:Sovet yozuvchilari Turkum:Rossiya yozuvchilari Turkum:Rossiya imperiyasida tugʻilganlar Turkum:Rossiya imperiyasi yozuvchilari